22:48 / 16.01.2021
2 593

Eldor Shomurodov eng zo‘r murabbiy kimligini aytdi

Eldor Shomurodov eng zo‘r murabbiy kimligini aytdi
“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov murabbiylar va Italiyadagi hayoti borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Men Joze Mourinoni yaxshi ko‘raman, u men uchun haqiqiy kumir. Menimcha, u murabbiylar orasida eng zo‘ri.

Qolaversa, menga nega “o‘zbek Messisi”, deb laqab qo‘yishganini haligacha tushunmayman. Men hozir “Jenoa”dagi har bir uchrashuvimni tahlil qilyapman. O‘z o‘yinimni baholayapman.

Bosh murabbiy Davide Ballardini haq – maqtovlarga e’tibor bermaslikni tayinlayapti. Italyanchada “xayrli tong”, “xayrli kech”, “ko‘rishguncha”, degan so‘zlarni bilaman. Italiya hayotiga moslashish qiyin bo‘lgani yo‘q. Jamoadosh do‘stlarim menga yordam berishyapti, birinchi kundan ular bilan do‘stlashib olganman
, - dedi Eldor Shomurodov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov eng zo‘r murabbiy kimligini aytdi