08:24 / 18.01.2021
1 556

«Yuventus» turning markaziy o‘yinida «Inter»ga yutqazib qo‘ydi

«Yuventus» turning markaziy o‘yinida «Inter»ga yutqazib qo‘ydi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turida «Inter» va «Yuventus» jamoalari 17 yanvar, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Arturo Vidal sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, milanliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Nikola Barella «Inter»ning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Inter» ochkolarini 40 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Yuventus» (33) 5-pog‘onada qoldi.
Antonio Konte jamoasi keyingi turda «Udineze» bilan o‘ynaydi, «Yuventus» esa «Bolonya»ni qabul qiladi.

«Inter» — «Yuventus» 2:0
Gollar:
1:0 – 12 Vidal, 2:0 – 52 Barella.
«Inter»: Handanovich, Yang (Darmian, 72), Bastoni, de Vrey, Hakimi, Barella, Brozovich, Vidal (Galyardini, 77), Shkrinyar, Lukaku, Martines (Sanches, 86).
«Yuventus»: Shensni, Kellini, Frabotta (Bernardeski, 58), Danilo, Bonuchchi, Remzi (Kulusevski, 58), Bentankur, Rabo (Makkenni, 58), Keza, Morata, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (36), Yang (60), Morata (62), Barella (67).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» turning markaziy o‘yinida «Inter»ga yutqazib qo‘ydi