21:13 / 18.01.2021
2 276

Dastin Pore: «Men Konordan kuchliman, buni jangda ko‘rasiz»

Dastin Pore: «Men Konordan kuchliman, buni jangda ko‘rasiz»
Foto: Getty Images
Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Dastin Pore (26-6) ikki divizion sobiq chempioni Konor Makgregorga (22-4) qarshi kechadigan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Oxirgi olti yil ichida men kuchlilar bilan jang qildim, kamar uchun kurashga qo‘shildim. Bu vaqt ichida, adashmasam, besh nafar sobiq chempionni yengdim. Shu sabab hozirda boshqacha onlarni boshdan kechiryapman. Men Makgregordan kuchliman. Buni jangda ko‘rasiz.

Aniqlik va kuch borasida Konor — UFC tarixidagi eng yaxshilardan biri. U raqiblarini nokautga uchratadi, biroq bu uning grepplingda (yaqin masofadagi jangda raqibni taslim etishga qaratilgan jang uslubi — izoh «Daryo») yomonroq ekanini anglatmaydi. Ha, uni taslim etishgan, biroq bu men bilan ham sodir bo‘lgan. U yuqori darajadagi grepplingchi ekanini bilaman.

O‘zimni qulay his qilishni, og‘riq sezishni xohlayman, ikkimiz ham uzoqroqqa borishimizni va kim nimaga qodirligini ko‘rishni istayman
", - deydi Dastin Pore.

Eslatib o‘tamiz, Konor — Pore jangi 23 yanvar kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 257 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi.
Bu Konor va Pore o‘rtasidagi ikkinchi jang bo‘ladi. 2014 yil bo‘lib o‘tgan UFC 178 musobaqasida Konor raqibini nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dastin Pore: «Men Konordan kuchliman, buni jangda ko‘rasiz»