19:24 / 20.01.2021
1 465

Marlen Chobanov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi

Marlen Chobanov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi
Klub tarbiyalanuvchisi sanalgan himoyachi Marlen Chobanov “Sherlar” safini to‘ldirdi. 20 yoshga to‘lgan himoyachi “Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Keyinchalik Ukraina klublarida futbol bilan shug‘ullanishni davom ettirgan Marlen 2017 yildan boshlab Kiyevning “Obolon” jamoasi sharafini himoya qilgan. O‘tgan yilning ikkinchi yarmidan boshlab mashg‘ulotlarda ishtirok etgan Chobanov bilan ikki yillik kelishuvga erishildi. U jamoamizga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

“Paxtakor”ga professional futbolchi sifatida qaytgan Marlenga jamoamizdagi faoliyati omadli chiqishini tilaymiz, - deya xabar bermoqda, klub matbuot xizmati.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Marlen Chobanov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi