08:33 / 21.01.2021
2 012

3-divizion klubi "Real"ni Ispaniya kubogidan chiqarib yubordi!

3-divizion klubi "Real"ni Ispaniya kubogidan chiqarib yubordi!
Ispaniya kubogi 1/16 final bosqichi doirasida "Alkoyano" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, birinchi taym so‘ngida Eder Militao jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Marseloning uzatmasini yana bir braziliyalik darvozaga yo‘lladi. Ushbu goldan keyin biroz xotirjamlikka berilgan madridliklar 80-daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Gol muallifi Xose Solbes.

Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagach, hakam qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. Mehmonlar ustozi zaxiradan o‘zi ishongan shogirdlarini maydonga tashlaganiga qaramay, mezbonlar raqib darvozasini 115-daqiqada ikkinchi bor aniq nishonga oldi va yakunda g‘alabani tantana qildi.

Shu tariqa, "Real" o‘z yurishini 1/16 final bosqichida to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ma’lumot uchun, "Alkoyano" klubi B Segundada ishtirok etadi. Ushbu liga Ispaniyada tartibi bo‘yicha 3-o‘rinda turadi.

Alkoyano – Real Madrid 2:1
Gollar:
0:1 – 45 Militao, 1:1 – 80 Solbes, 2:1 – 115 Xuanan.
Alkoyano – Figeras, Xuanan, Karbonel (Molto, 60), Anxel Lopes, Rubio (Ramon Lopes, 72), Ferris, Raul, Niges (Diakite, 78), Sanches (Serda, 60), Murad (Anton, 105), Mexiya (Solbes, 60).
Real Madrid – Lunin, Marselo, Odriosola (Azar, 98), Viktor Chust, Militao, Isko (Kroos, 98), Kazemiro, Vaskes, Valverde, Vinisius Junior (Asensio, 90), Mariano Dias (Benzema, 67).
Ogohlantirish: Sanches (32), Xuanan (34), Mariano Dias (58), Odriosola (78), Ferris (90), Ramon Lopes (103), Lunin (116).
Chetlatish: Ramon Lopes (110).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 3-divizion klubi "Real"ni Ispaniya kubogidan chiqarib yubordi!