07:47 / 23.01.2021
965

2020 yilning eng yaxshi futbol klublari reytingida «Paxtakor» dunyo bo‘yicha 85-o‘rinda, Osiyoda esa 4-o‘rinda

2020 yilning eng yaxshi futbol klublari reytingida «Paxtakor» dunyo bo‘yicha 85-o‘rinda, Osiyoda esa 4-o‘rinda
Foto: «Paxtakor» FK
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2020 yilning eng yaxshi klublari reytingini e’lon qildi.

Birinchi o‘ringa «Bavariya» jamoasi loyiq ko‘rildi. Myunxenliklar 260 ochko bilan 2019 yilgi natijadan 22 pog‘ona yuqorilagan.
Keyingi o‘rinlarda «Palmeyras» (230 ochko) va PSJ (226) qayd etilgan. 2019 yilda eng yaxshi klub nomiga sazovor bo‘lgan «Liverpul» bu safar 29-o‘rinni oldi.

Toshkentning «Paxtakor» klubi 109 ochko bilan reytingning 85-pog‘onasidan joy oldi. «Sherlar» Osiyoda «Ulsan Hyunday», «Chonbuk Motors» va «An-Nassr»dan keyin to‘rtinchi bo‘ldi. «Paxtakor» o‘tgan yili 140-o‘rinni egallagandi.

Avvalroq IFFHS dunyoning eng yaxshi ligalari reytingida O‘zbekiston Superligasini 48-o‘rinda qayd etgandi.

Quyidagi top-10 lik bilan tanishing:
1. «Bavariya» (Germaniya) — 260 ochko
2. «Palmeyras» (Braziliya) — 230
3. PSJ (Fransiya) — 226
4. «Inter» (Italiya) — 223
5. «Manchester Siti» (Angliya) — 221
6. «Milan» (Italiya) — 220
7. «Yuventus» (Italiya) — 218
8. «Sevilya» (213) — 213
9. «Manchester Yunayted» (Angliya) — 212
10. «Arsenal» (Angliya) — 206
...
33. «Ulsan Hyunday» (Janubiy Koreya) — 165,5
75. «Chonbuk Motors» (Yaponiya) — 116
82. «An-Nassr» (Saudiya Arabistoni) — 111
85. «Paxtakor» (O‘zbekiston) — 109

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishing.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)