23:20 / 23.01.2021
1 843

Aziz G‘aniyev jamoasi Otabek Shukurovning «Sharja»sini mag‘lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi

Aziz G‘aniyev jamoasi Otabek Shukurovning «Sharja»sini mag‘lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi
Foto: «Shabob al-Ahli» FK
Futbol bo‘yicha BAA Superkubogi doirasida «Sharja» va «Shabob al-Ahli» jamoalari 22 yanvar, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi. Uchrashuvdagi yagona gol so‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan vaqtda urildi: Aziz G‘aniyevning jarimadan amalga oshirgan uzatmasini Muhammad Mazruq boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Bu gol orqali nominal mehmonlar sovringa ega chiqdi. Mazkur bahsda Otabek Shukrov va Aziz G‘aniyev to‘liq qatnashdi.

«Sharja» — «Shabob al-Ahli» 0:1
Gol:
0:1 – 90+5 Muhammad Marzuq.
«Sharja»: Odil al-Husani, Shahin Abdulrahmon, Salim Sulton, Ali ad-Dhanhani (Muhammad Xalfan, 89), Markus Meloni, Igor Koronado, Saif Rashid (Majid Surur, 75), Xolid Ba Vazir (Kayo, 75), Otabek Shukurov, Muhammad Abdulvosit, Velliton (Salim Solih, 89)
«Shabob al-Ahli»: Majid Nosir, Volid Abbos, Abdulaziz Hussain, Hamdan al-Kamoli, Abdulaziz Sanqur (Muhammad Marzuq, 46), Karlos Eduardo, Majid Hassan, Fabio Kartabiya, Azizjon G‘aniyev, Yahyo al-G‘assoni (Muhammad Juma, 77), Igor Jesus.

Foto: «Shabob al-Ahli» FK

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz G‘aniyev jamoasi Otabek Shukurovning «Sharja»sini mag‘lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi