19:30 / 25.01.2021
1 865

Rasman: «Chelsi» Frenk Lempardni iste’foga chiqardi

Rasman: «Chelsi» Frenk Lempardni iste’foga chiqardi
Foto: Twitter
«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard o‘z lavozimidan ozod etildi. Londonliklar 42 yoshli mutaxassis iste’fosini ma’lum qildi.
Jamoaning so‘nggi vaqtlardagi natijalari va o‘yin saviyasining kutilganidek bo‘lmayotgani bunga sabab qilib ko‘rsatilgan.

Lempard londonliklar boshqaruviga 2019 yilning yozida kelgandi. 2019/20 yilgi mavsumda jamoa Premer Ligada 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasida esa 1/8 finalda «Bavariya»ga yutqazdi (0:3, 1:4).

«Chelsi» Premer Liga 2020/21 yilgi mavsumining so‘nggi besh o‘yinida bitta g‘alaba qayd etdi. Jamoa 19-turdan keyin 29 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. Chempionlar Ligasining joriy mavsumida esa «Chelsi» guruhni birinchi o‘rinda yakunladi va 1/8 finalda «Atletiko» bilan o‘ynaydi.

The Athletic’ning xabar qilishicha, «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: «Chelsi» Frenk Lempardni iste’foga chiqardi