11:10 / 26.01.2021
2 763

31 yil saqlanib turgan jahon rekordi yangilandi

31 yil saqlanib turgan jahon rekordi yangilandi
Rayan Krauzer.
Amerikalik yengil atletikachi Rayan Krauzer yopiq inshootda yadro uloqtirish bo‘yicha 31 yil davomida saqlanib turgan jahon rekordini yangiladi.

Olimpiya o‘yinlari chempioni mamlakat birinchiligida yadroni 22 metr 82 santimetrga uloqtirib, o‘z vatandoshi Rendi Barnsning 1990 yilda o‘rnatgan jahon rekordini 16 santimetrga yangiladi. E’tiborlisi, Rayan Krauzer bu natijaga birinchi urinishdayoq erishdi.

Yengil atletikachi 4 yil muqaddam Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘lgan. O‘shanda u yadroni 22 metr 52 santimetrga irg‘itib, Olimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatgan edi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu rekord ham Olimpiadagacha 28 yildan beri saqlanib turgan.

Rayan Krauzer 2019 yilgi jahon chempionatining kumush medal sovrindori ham hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 31 yil saqlanib turgan jahon rekordi yangilandi