16:10 / 26.01.2021
3 306

Mahmud Murodov UFC 257 musobaqasida promoushen prezidenti Deyna Uaytga nima degani ma’lum bo‘ldi

Mahmud Murodov UFC 257 musobaqasida promoushen prezidenti Deyna Uaytga nima degani ma’lum bo‘ldi
Foto: Twitter
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan boshlovchi Bryus Baffer va promoushen prezidenti Deyna Uaytga nimalar deganini ma’lum qildi.

"Baffer bilan suhbatda O‘zbekiston so‘zini to‘g‘ri talaffuz qilishini aytdim. U har doim bizning mamlakatni «Uzbikistan» deb ataydi, unga aslida «Uzbekistan» bo‘lishini aytdim.

Deynadan esa mening Instagram sahifamga obunachi bo‘lishini so‘radim. U darhol obuna bo‘ldi
", - dedi Mahmud Murodov.

Murodov UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qildi va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Murodov UFC 257 musobaqasida promoushen prezidenti Deyna Uaytga nima degani ma’lum bo‘ldi