22:00 / 27.01.2021
3 212

Utkin Jaloliddinov haqida: Bu juda sharmandali holat

Utkin Jaloliddinov haqida: Bu juda sharmandali holat
Mashhur sharhlovchi Vasiliy Utkin Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv" bilan shartnomasini bekor qilganiga munosabat bildirdi:

"Albatta, Jasur Jaloliddinov va "Loko" o‘rtasidagi butun voqea juda sharmandali holat. Yuriy Belousning qo‘li tekkan barcha narsa singari, uning komissiyasi ham ushbu ajoyib bitimning yagona foydasi bo‘lib qoldi", - deya yozdi Utkin "Telegram" sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, "temiryo‘lchilar" hamyurtimiz bilan o‘tgan yozda shartnoma imzolagandi. O‘zbekistonning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri, "The Guardian" nashri tomonidan 2002 yilda tug‘ilgan dunyo futbolining 60 ta iste’dodi sifatida tan olingan Jaloliddinov "Lokomotiv" safida birorta o‘yinda maydonga tushmadi va "Tambov"ga ijaraga berib yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Utkin Jaloliddinov haqida: Bu juda sharmandali holat