19:05 / 28.01.2021
2 131

Piter Xyuistra: "Biz qur’adan qoniqdik"

Piter Xyuistra: "Biz qur’adan qoniqdik"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra Osiyo Chempionlar Ligasining qur’asi xususida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Chempionlar Ligasidagi raqiblarni qur’a marosimidan so‘ng bilib oldik. Birinchi raqibimiz "Sharja" juda yaxshi jamoa. BAA chempioni va ularni "Shabab Al Ahli"ga qiyoslasak bo‘ladi. Bizni juda ajoyib ikki o‘yin kutmoqda. Ikkinchi raqibimiz esa "Traktor" Eronning barcha jamoalari kabi kuchli. To‘g‘ri, ular "Persepolis" emasdir, ammo baribir yaxshi shakllangan va qiziqarli raqib.

Uchinchi jamoani esa saralash o‘yinidan keyin bilib olamiz. Saudiya Arabistonining "Al Vahda" yoki Iroqning "Eyr Fors" klubi raqibimizga aylanadi. Guruhimizda yaxshi saviyadagi jamoalar to‘plangan deb o‘ylayman.

Biz qur’adan qoniqdik. "Paxtakor" guruh bosqichida o‘ynash borasida ustunlikka ega. Biz guruhdan o‘tishni istaymiz. Buning uchun bor imkonimiz bilan mehnat qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra: "Biz qur’adan qoniqdik"