15:06 / 29.01.2021
2 603

Xorijlik yana bir futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi mumkin

Xorijlik yana bir futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi mumkin
"Paxtakor" klubi a’zosi Dragan Cheran O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi mumkin. Serbiyalik futbolchi yurtimizga 2016 yilning yozida kelgandi.

2016-2018 yillar "Nasaf"da to‘p tepgan Cheran 2018 yilning yozidan hozirgi kunga qadar "Paxtakor"da faoliyatini davom ettirmoqda. Shu yili yozda Draganning O‘zbekistonda o‘ynayotganiga 5 yil bo‘ladi. Bu esa, FIFA qoidalariga mos keladi, ya’ni legioner boshqa mamlakatda kamida 5 yil yashagan bo‘lishi lozim.

Vadim Abramov 2019 yili milliy terma jamoada Igor Golban va Dragan Cheranni ko‘rishni istashini aytib o‘tgandi. O‘tgan yili Golban O‘zbekiston fuqaroligini oldi va terma jamoada o‘ynashni boshladi.

Agarda Dragan Cheran ham istasa, O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi mumkin. Ammo shuni unitmaslik kerakki, u paytga kelib Draganning yoshi 34 da bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorijlik yana bir futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi mumkin