14:04 / 02.02.2021
2 736

O‘zbekistonning Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari qanchaga tushmoqda?

O‘zbekistonning Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari qanchaga tushmoqda?
2-3 fevral kunlari futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Argentina bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuvlar "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

"Sport" telekanali o‘yindan oldin ushbu bahslarga oid lavha tayyorladi. Unda O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov Argentina bilan o‘yinlar qanchaga tushayotgani borasida ma’lumot berdi.

- Boshida agentlik bizga aytganida, ular o‘zlari yurtimizga uchib kelmoqchi edi. Lekin nima uchundir agentlik bu borada faollik ko‘rsatmadi. Ya’ni, avval Argentina O‘zbekistonga keladi va ular so‘ragan 20 ming dollar berilishi kerak edi. Biz rozi bo‘ldik. Keyin Argentina bilan rasmiy ravishda yozishganimizda bilsak, firma bilan Janubiy Amerika vakili o‘rtasida bunaqa muzokara deyarli bo‘lmagan ekan. So‘ng, o‘zimiz bu masalani boshqatdan o‘rgandik.

Argentina tomoni chiptalarni olib berishimizni, mehmonxona, tashkilotchilik (jamoalarga avtobus, volontyorlik...) hamda terma jamoamizga ketadigan xarajatlarni qo‘shib aytganda, 1 milliard so‘mga yaqin pul ketmoqda. O‘ylaymanki, bu qilinayotgan ishlar terma jamoamiz va muxlislar uchun yangilik bo‘ladi. Bunaqa o‘yinlar jamoamiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishida katta hissa qo‘shadi
, - dedi Aziz Haydarov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonning Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari qanchaga tushmoqda?