14:41 / 03.02.2021
2 288

Bobir Abdixoliqovga Rossiya jamoalari jiddiy qiziqmoqda

Bobir Abdixoliqovga Rossiya jamoalari jiddiy qiziqmoqda
Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan shartnomasi tugagan Bobir Abdixoliqov faoliyatini Yevropaning kuchli chempionatlarining birida davom ettirishi mumkin.

Eshitishimizga qaraganda, ayni paytda erkin agentga aylangan va qator jamoalar taklifini o‘rganib chiqayotgan Bobir Abdixoliqovning xizmatlariga Rossiya premer ligasining qator klublari og‘iz solishgan. Ular orasida RPLning grand jamoasi ham mavjud. Futbolchining agentlari hozirda RPL jamoalarining taniqli funksionerlari hamda murabbiylar bilan Bobir Abdixoliqovning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashgan.

Eshitishimizcha, Rossiya klublari o‘zbek hujumchisini samaradorlik bo‘yicha RPLdagi ikkinchi Shomurodov bo‘lishiga umid qilishmoqda.
Bobir Abdixoliqovga RPL jamoalaridan tashqari Yevropaning boshqa chempionat vakillaridan ham qiziqish va takliflar mavjud.

Bobir Abdixoliqov o‘tgan mavsumda "Nasaf" safida Superligada 25 o‘yinda 17 gol urishga muvaffaq bo‘ldi hamda jamoasida haqiqiy yetakchiga aylanib, jamoaning kumush medallariga ega chiqishida katta hissa qo‘shdi. 23 yoshli hujumchi faoliyati davomida 145 o‘yinda jami 54ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Futbolchi takliflarni o‘rganishda jarayonida kuchliroq chempionatda va yaxshiroq jamoada o‘ynashni ustuvor vazifa sifatida qaramoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bobir Abdixoliqovga Rossiya jamoalari jiddiy qiziqmoqda