08:04 / 05.02.2021
2 060

O‘zbekistonlik mutaxassis Malayziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

O‘zbekistonlik mutaxassis Malayziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
So‘nggi yillarda o‘zbek boksining nufuzi yuqori darajaga chiqib ulgurgani sir emas. Dunyoda nafaqat bokschilarimiz, balki murabbiylarimizga ham qiziqish yuqori. Shu munosabat bilan, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Osiyo o‘yinlarining ikki karra chempioni Rustam Saidov boks bo‘yicha Malayziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bir necha kun oldin murabbiy Malayziya boks federatsiyasi bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida, Rustam Saidov 2011 yilda bokschilik faoliyatini yakunlagan va shundan so‘ng murabbiylik faoliyatni boshlagan. O‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham ishlagan va qit’amizda 2015 yilning eng yaxshi boks murabbiyi deb topilgan.

O‘zbekiston boks federatsiyasi Rustam Saidovga kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilab qoladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik mutaxassis Malayziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi