11:01 / 06.02.2021
2 427

Shomurodovni to‘xtatishi kerak bo‘lgan mashhur himoyachilar bugun maydonga tushmaydi

Shomurodovni to‘xtatishi kerak bo‘lgan mashhur himoyachilar bugun maydonga tushmaydi
Toshkent vaqti bilan tungi 00:45 da “Jenoa” o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qiladi. Ushbu bahs A Seriyaning 21-turi doirasida o‘tkaziladi.

Muhim uchrashuv oldidan “Napoli” jamoasi tarkibida kutilmagan muammo paydo bo‘ldi. Klubning mashhur himoyachilari – Kalidu Kulibali va Favzi G‘ulomda konoravirus infeksiyasi aniqlangan.

Har ikki futbolchida kasallik alomatlarsiz kechmoqda. Shunga qaramay, ular uy karantiniga olingan. Belgilangan protokolga ko‘ra, har ikki futbolchi kamida 10 kuni izolyatsiyada o‘tirishi kerak. Demak, Kulibali va G‘ulom bugun Eldor Shomurodov jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Hujum “Jenoa”ning eng kuchli chizig‘i hisoblanadi. Eldor Shomurodov va Mattia Destro tandemi jamoa muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shmoqda. Shomurodov golli vaziyatlar yaratayotgan bo‘lsa, Destro ulardan unumli foydalanib, genuyaliklar g‘alabasini ta’minlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovni to‘xtatishi kerak bo‘lgan mashhur himoyachilar bugun maydonga tushmaydi