Rossiyalik aralash jang sportchisi (MMA) Habib Nurmagomedov o‘z tashkilotida (Eagle Fighting Championship) rejalashtirgan orzusidagi jang haqida so‘zlab berdi.
«Bu faqat mening fantaziyam, og‘ir vaznda amerikalik Brok Lesnarni rossiyalik Fedor Yemelyanenkoga qarshi jangga olib chiqish mumkin edi», — deydi Nurmagomedov MatchTV kanaliga bergan intervyusida. Uning fikriga ko‘ra, Rossiya va Amerika MMA yulduzlari o‘rtasida jang tashkil qilish ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lar edi. «Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin», deb qo‘shimcha qiladi sportchi.
Avvalroq Habib Nurmagomedov UFC prezidenti Deyna Uaytga o‘z karerasini davom ettirish to‘g‘risida xabar yuborganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uayt tez orada o‘z javobini e’lon qilishi kerak. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, UFC rahbariyati iyun oyida chempionlik jangini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, ammo hozircha biror to‘xtamga kelinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktabr kuni UFC turnirida amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan keyin Nurmagomedov aralash yakkakurashlardan ketishini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Habib Nurmagomedov yana jang qiladimi? Uning UFC prezidenti bilan uchrashuvi tafsilotlari...

Habib Nurmagomedov: «Qaror qildim va uni o‘zgartirmayman»

Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdan uch hafta oldin oyog‘ini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov hamda Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachon bo‘lishi ma’lum qilindi

Jastin Getji: Habib Nurmagomedov bilan jang qilishni xohlayman

Habib Nurmagomedov qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi