22:00 / 09.02.2021
1 972

Ronaldu necha yoshiga qadar yuqori darajada futbol namoyish etadi?

Ronaldu necha yoshiga qadar yuqori darajada futbol namoyish etadi?
Portugaliyalik futbolchi tug‘ilgan kunidan bir kun o‘tib, «Roma» darvozasiga to‘pni joyladi va o‘z shaxsiy rekordini ancha yaxshilab oldi.
- 24 o‘yinda 23 gol;
- A seriyada 17 uchrashuv 16 gol. Shu tariqa, Krish to‘purarlar poygasida Lukakuni ortda qoldirdi;
- 30 yoshdan keyin kiritilgan yubiley 300-gol!;
- 36 yoshda kiritgan goli orqali, Ronaldu 20 yildan beri professional darajadagi o‘yinlarda gol kiritgan futbolchilar qatoridan o‘rin egalladi.

Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, “Krish” 36 yoshda ham ajoyib sport formasini saqlab qolmoqda. Futbol olamida darvozabonlar uchun qulay bo‘lgan yoshda Ronaldu sayyoramizning eng kuchli hujumchilari bilan to‘purarlar poygasida ishtirok etmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, uning karerasi abadiy davom etmaydi. Buni Dos Santush Aveyru ham yaxshi biladi. Faoliyati davomida Jahon chempionligidan boshqa barcha katta musobaqalarda g‘alaba qozongan futbolchining faoliyati yaqin yillar ichida yakuniga yetishi aniq. U bosib o‘tgan yo‘l, oldindagi qismidan ancha uzun. Buni hujumchining o‘zi ham tug‘ilgan kuni qoldirgan postida alohida e’tirof etdi.

36 yil! Xuddi hammasi kecha boshlangandek go‘yo… Shunga qaramay, bu sarguzashtlarga butun umr xotiramda saqlanib qoladi. Birinchi to‘pim, birinchi jamoam, birinchi sovrinim… Vaqt uchib ketmoqda! Madeyradan Lissabonga, Lissabondan Manchesterga, Manchesterdan Madridga, Madriddan Turinga…

Men har doim futbol uchun borimni berganman. Muxlislar ham menga o‘z sevgisi va sadoqati bilan javob qaytargan. Buning uchun ulardan minnatdorman. 20 yillik futboldagi faoliyatimni nishonlab o‘tirar ekanman, sizlarga yana 20 yil futbolda qolishni va’da bera olmayman. Shunga qaramay, futboldagi so‘nggi kunimga qadar 100 foiz kuch bilan maydonda to‘p surishim aniq!
".

Ronalduning o‘yinidan yana qancha lazzat olish mumkin?

2016 yilda portugaliyalik snayper faoliyati va kelajagi haqida qiziqarli rejalari bilan o‘rtoqlashgan edi.

«Men futbolda uzoq qolish borasida Alfredo Di Stefano bilan suhbat qurdim. U 40 yoshga qadar professional darajada to‘p surgan. Uning aytishicha, men ortiqcha muammosiz uning shaxsiy rekordini yangilashim mumkin ekan. O‘zim ham futbolda 41 yoshga qadar qolishni rejalashtiryapman».

Hozir Ronalduni 2026 yilda qanday formada bo‘lishini taxmin qilish mushkul, biroq Zlatan Ibrahimovich fonida bu real voqelikdek ko‘rinmoqda. Bundan avvalgi avlod futbolchilarida 40 yoshga qadar bemalol to‘p surish mumkin edi. Sababi, futbolda mahorat jismoniy imkoniyatlardan ustunroq ko‘rinar, kichik epizodlardagi qarorlar o‘yin hisobiga ta’sir ko‘rsatar edi.

Hozirgi paytga kelib, birgina mahorat bilan 90 daqiqa muxlislarni hayron qoldirishning imkoni yo‘q. Barcha futbolchilar o‘z jismoniy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida mashg‘ulotlarda ikki hissa kuch bilan harakat qilishni boshlab yuborgan. Ronaldu esa, buni oldindan sezgandek o‘z fizik imkoniyatlarini yaxshilab bormoqda. Uning organizmi 25 yoshli yigitlarnikidek ekanligi hozir hech kimga sir emas. U haqidagi bu gap so‘zlar qanchalar to‘g‘ri? Keling, professionallar fikriga quloq solamiz.

Joau Aroza (Portugaliyaning jismoniy tayyorgarligiga javob beruvchi murabbiy)
Ronaldu ortiqcha muammosiz 41 yoshga qadar to‘p surishi mumkin. Agar jarohat to‘sqinlik qilmasa, bu ishni amalga oshirish Krish uchun muammo emas. Uni qolgan futbolchilardan yaqqol ajralib turadi, deya olmayman, ammo tayyorgarlik ko‘rish va mashg‘ulotlar chog‘ida portugaliyalik o‘zgacha. U yoshi o‘tgani sari tezligini yo‘qotmaydi. Bu muammoga qarshi Ronaldu 30 yoshda kurash olib borishni boshlagan. Uning jarima maydonchasi ichidagi harakatlari himoyachilarni yana 5-6 yil bezovta qilishi aniq”.

Jovanni Mauri (PSJ va «Real»ning jismoniy tayyorgarligiga javob beruvchi murabbiy)
PSJda ishlab yurgan chog‘larim, Zlatanni 40 yoshga qadar bemalol to‘p surishini taxmin qilgan edim. Ronaldu ham Ibra singari dinozavr oilasiga mansub. Buning uchun, mushaklarning o‘zi kifoya qilmaydi. Futbolchi elastik bo‘lishi, o‘zini raqqoslardek erkin his qilishi kerak. Shuningdek, vaqtida dam olish va to‘g‘ri ovqatlanish ham juda muhim. 35 yoshda o‘yinlardan so‘ng to‘liq tiklanish asosiy planga chiqadi”.

Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi)
"Krish 40 yoshga qadar to‘p surishi mumkin, ammo bu amalga oshmasligi ham mumkin. Agar u o‘z darajasidan pastroq futbol namoyish etayotganini sezsa, darrov barchasini yig‘ishtirib tashlaydi. U kamiga rozi bo‘lishga o‘rganmagan”.

Kristian Veri (Italiya terma jamoasi sobiq a’zosi)
Krishtianu harbiy mashina! Men uning amalga oshirgan ishlaridan hayratdaman. Bundan keyin qilmoqchi bo‘lgan ishlarida omad tilayman. U 40 yoshga qadar to‘p sura oladimi? Ronaldu og‘zida sigaret bilan ham bu ishni uddalay oladi!”.

Ronaldu oddiy futbolchilardan ajralib turadi. U doimo o‘yinga chanqoq, golga haris. Shu bois, Pirlo uni zaxiraga olgan payt jahl otiga minadi. Andrea aqlli futbolchi bo‘lgan. U qo‘lidagi tuz qartasini to‘g‘ri ishlatish uchun tez-tez Ronalduni ertaroq dam olish uchun o‘yindan olmoqda. «Inter»ga qarshi kubok bahsida Ronaldu zaxiraga olinganida, norozi ekanligini yashirib o‘tirmadi. «Roma» bilan to‘qnashuvda bu qaror yuz foiz o‘zini oqladi. Katta ehtimol bilan, Pirlo shogirdining kuchini to‘g‘ri taqsimlashga urinmoqda. Agar bu ishni uddalay olsa, chempionlik uchun kurashda «Yuve» yana asosiy favoritga aylanadi.

Umuman olganda, Ronaldu yana 20 yil to‘p surmaydi, ammo 4-5 yil ko‘zlarimizni quvontirishi aniq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu necha yoshiga qadar yuqori darajada futbol namoyish etadi?