18:48 / 14.02.2021
3 310

O‘zbekiston milliy terma jamoasining ertangi o‘yini jonli efirda namoyish etiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining ertangi o‘yini jonli efirda namoyish etiladi
O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini jonli efirda namoyish etiladi. Bu hadqa O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Vadim Abramov shogirdlari ushbu bahsda Iordaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida O‘zbekiston vaqti bilan soat 18.00da start oladi.

Uchrashuv O‘FAning YouTube hamda Sportrecs platformalaridagi rasmiy sahifalarida jonli efirda translyatsiyasi qilinishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasining ertangi o‘yini jonli efirda namoyish etiladi