21:49 / 14.02.2021
1 889

O‘zbekistonlik paraatletlar Dubay Gran-Prisida 24 ta medalga ega chiqdi

O‘zbekistonlik paraatletlar Dubay Gran-Prisida 24 ta medalga ega chiqdi
Foto: Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi
BAAning Dubay shahrida 10—14 fevral kunlari para yengil atletika bo‘yicha xalqaro Gran-Pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiya ham qatnashdi. Musobaqa davomida o‘zbekistonlik paraatletlar jami 24 ta medalga (13 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza) sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, bu medallar Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun muhim ochkolarni taqdim etadi.
Quyida Fazza xalqaro Gran-Prisida sovrindor bo‘lgan sportchilar bilan tanishing:

10 fevral kungi g‘olib va sovrindorlar:
1. Boburjon Omonov (yadro uloqtirish) – oltin
2. Elbek Sultonov (yadro uloqtirish) – oltin
3. Doniyor Ahmedov (yugurish) – kumush
4. Roziya Ergasheva (nayza uloqtirish) – kumush
5. Sabina Suxanova (uzunlikka sakrash) – bronza

11 fevral kungi g‘olib va sovrindorlar:
1. Izzat Turg‘unov (uzunlikka sakrash) – oltin
2. Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish) – oltin

12 fevral kungi g‘olib va sovrindorlar:
1. Husniddin Norbekov (yadro uloqtirish) – oltin
2. Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish) – oltin
3. Sabina Suxanova (yugurish) – oltin
4. Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish) – oltin
5. Natalya Semyonova (nayza uloqtirish) – oltin
6. Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish) – kumush
7. Abdulazizxon Abduhakimov (bosqon uloqtirish) – bronza
8. Yorqin Odilov (nayza uloqtirish) – bronza
9. Farruh Saidxo‘jayev (disk uloqtirish) – bronza

13 fevral kungi g‘olib va sovrindorlar:
1. Sabina Suxanova (yugurish) – oltin
2. Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash) – oltin
3. Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish) – oltin
4. Ma’rufjon Murodullayev (yugurish) – oltin
5. Dilafruz Ahmadxonova (yadro uloqtirish) – kumush
6. Mohigul Hamdamova (yadro uloqtirish) – kumush
7. Kubaro Hakimova (yadro uloqtirish) – bronza
8. Omad Hasanov (balandlikka sakrash) – bronza

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik paraatletlar Dubay Gran-Prisida 24 ta medalga ega chiqdi