15:34 / 15.02.2021
1 928

Bektemir Meliqo‘ziyev: «Professional boksdagi ilk kunimdanoq eng kuchli bokschilar bilan jang qilishga tayyorman»

Bektemir Meliqo‘ziyev: «Professional boksdagi ilk kunimdanoq eng kuchli bokschilar bilan jang qilishga tayyorman»
Foto: DAZN
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (7-0, 6 KO) 14 fevral tongida bo‘lib o‘tgan Morgan Fitchga (19-5-1, 8 KO) qarshi jangdagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-"Kelajagim borasida promouter va menejerlarimda reja bor. Faqat shuni aytishim mumkinki, o‘rta vazndan yarim og‘ir vazn toifasigacha hech qaysi raqibdan qo‘rqmayman. Jamoadoshim va do‘stim Dmitriy Bivol — men ringda duch kelmaydigan yagona bokschi. Maqsad — Jahon chempionligi, biroq bunday imkoniyat bo‘lmasa, biz bor imkoniyatlardan eng yaxshilarini tanlaymiz.

Sergey Kovalyovga qarshi jang bekor bo‘lganidan hayratdaman. Bunga professional ringdagi yangi tajriba sifatida qarayman. Bu men uchun ulkan imkoniyat edi va umid qilamanki, vaziyat yaxshilansa Sergey Kovalyovga qarshi jang tashkil qilsh imkoniyati bo‘ladi. Professional boksdagi ilk kunimdan boshlab eng kuchli va top-bokschilarga qarshi ringga ko‘tarilishga tayyorman
", - dedi Bektemir Meliqo‘ziyev.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev aslida 30 yanvar kuni yarim og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO chempionlik kamarlarining sobiq sohibi, rossiyalik Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) bilan jang qilishi lozim edi. Biroq Kovalyovda doping aniqlangani bois jang bekor qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev: «Professional boksdagi ilk kunimdanoq eng kuchli bokschilar bilan jang qilishga tayyorman»