19:00 / 16.02.2021
2 061

«Messini tinch qo‘y, o‘g‘ri». «Barselona» muxlislari PSJ prezidentini haqoratli so‘zlar bilan qarshi oldi

«Messini tinch qo‘y, o‘g‘ri». «Barselona» muxlislari PSJ prezidentini haqoratli so‘zlar bilan qarshi oldi
Foto: Getty Images
«Barselona» muxlislari Kataloniyaga uchib kelgan PSJ prezidenti Nossir al-Xelayfini salbiy kayfiyatda kutib oldi. Muxlislar bir necha bor qatarlik funksioner tomon haqoratli so‘zlarni yog‘dirdi. Bundan tashqari quyidagi jumlalar aytildi: «Messini tinch qo‘y, o‘g‘ri».

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida tugaydigan Lionel Messining PSJga yo‘l olishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘p uchramoqda. Xususan, PSJning bir nechta vakillari mazkur transfer borasida gapirishdan to‘xtamayapti.

Bundan tashqari PSJ rahbari Neymarning mojaroli transferidan keyin kataloniyalik muxlislarning nafratiga uchragan.

Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvi doirasidagi «Barselona» — PSJ uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 16 fevraldan 17 fevralga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Messini tinch qo‘y, o‘g‘ri». «Barselona» muxlislari PSJ prezidentini haqoratli so‘zlar bilan qarshi oldi