19:24 / 17.02.2021
1 814

O‘zbekiston MTJ uchinchi nazorat uchrashuvida yirik hisobda yutqazdi

O‘zbekiston MTJ uchinchi nazorat uchrashuvida yirik hisobda yutqazdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlaridan o‘rin olgan 3-nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Soligorskning "Shaxtyor" jamoasiga qarshi maydonga tushgan Abramov shogirdlari 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

"Konchilar" safida gollarga Kendish, Okeuchi hamda Shindagoridze mualliflik qildi. Dastlab, jarima maydonimizdagi sarosimali vaziyatdan foydalangan Kendish hisobni ochgan bo‘lsa, darvozabonimizning qo‘pol xatosidan keyin to‘pni qabul qilib olgan Okeuchi hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. "Konchilar"ning uchinchi golini ikkinchi taymda Shindagoridze kiritdi.

Shu tariqa, Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ Dubay yig‘inidan o‘rin olgan 3-nazorat o‘yinida yirik hisobda yutqazdi. Avvalroq, "oq bo‘rilar" "Zenit" bilan o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrab, Iordaniya MTJ ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, "Shaxtyor" tarkibidagi legionerimiz Shahzodbek Ubaydullayev ikkinchi taymda maydonga tushdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ uchinchi nazorat uchrashuvida yirik hisobda yutqazdi