10:23 / 18.02.2021
2 086

German Tkachenko: «Katta klublar Eldor Shomurodovdan qochib keta olmaydi»

German Tkachenko: «Katta klublar Eldor Shomurodovdan qochib keta olmaydi»
Foto: Twitter
«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov bilan hamkorlik qiladigan ProSports Management kompaniyasi direktori German Tkachenko mijoziga «Yuventus» qiziqish bildirgani haqidagi savolga javob berdi.

- «Jenoa» rasmiy taklif bo‘lmaganini bildirdi, ammo klublar o‘rtasida haqiqatan ham bu mavzuda aloqa bo‘lgan. Ular biz bilan ham bog‘lanishdi, ammo bu taklif emas edi.

Katta klub Eldordan qochmaydi, ammo buning uchun u ishlashda davom etishi, ko‘proq gol urishi, o‘zidagi fazilatlarini namoyish qilishi kerak. «Jenoa» futbolchilarni yaxshi sotadi, biz ushbu vaziyatni tahlil qildik. Ular («Jenoa») osonlikcha o‘yinchilarni sotadi, ayniqsa hujumchilarni, shuning uchun ham biz xotirjammiz
, - dedi futbol agenti German Tkachenko.

Tuttosport nashri Shomurodovga «Yuventus»dan qiziqish bo‘layotgani haqida xabar qilgandi.

2020 yilning oktyabr oyida «Rostov»dan «Jenoa»ga o‘tgan Eldor Shomurodov genuyaliklar tarkibida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

«Jenoa» 22-turdan keyin 25 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda, «grifonlar» keyingi tur o‘yinini 20 fevral kuni «Verona»ga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » German Tkachenko: «Katta klublar Eldor Shomurodovdan qochib keta olmaydi»