11:50 / 19.02.2021
2 571

O‘zbekiston chempioni Messiga qanday maslahat berdi?

O‘zbekiston chempioni Messiga qanday maslahat berdi?
“Bunyodkor” tarkibida O‘zbekiston chempioni va chempionat to‘purari bo‘lgan Rivaldo Chempionlar ligasida “Barselona”ning qaqshatqich mag‘lubiyatidan so‘ng, Lionel Messiga PSJga o‘tishni maslahat berdi.

- “Barselona”da irodali natijaga ishonadigan futbolchi qolmagan. Dastlabki uchrashuv natijasini o‘zgartirishning imkoni yo‘q. Menimcha, bu Messining Chempionlar ligasi doirasida “Kamp Nou”dagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ldi. Klub Messini qandaydir sovrin yutishga ishontira olmaydi. Uning kelajagi PSJ. Qolaversa, Leo parijliklarning haqiqiy saviyasini amalda ko‘rdi. PSJ Messi sovrinlar uchun kurashishi mumkin bo‘lgan jamoa.

Argentinalik hujumchi yillar davomida butun jamoa uchun mas’uliyatni o‘z yelkasida ko‘tarib keldi. Uning eng yaxshi sherigi Luis Suares “Atletiko”ga o‘tib ketdi. Bu orqali chempionlik uchun kurashdagi asosiy raqobatchilardan biri kuchayib ketdi
, - dedi Rivaldo.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston chempioni Messiga qanday maslahat berdi?