Isroil poytaxti Tel-Avivda dzyudo bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turniri davom etmoqda.
Ikkinchi kungi bahslarda 81 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan o‘zbekistonlik dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev barcha bellashuvlarda g‘alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi va Tokio Olimpiadasi yo‘lida 1000 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Boltaboyev finalgacha Dorin Gotonoaga (Moldova), Aleksandr Vizerchak (Germaniya), Styuart Mavkatt (Buyuk Britaniya) va Fran de Vitdan (Niderlandiya) ustun kelgan bo‘lsa, hal qiluvchi bahsda mo‘g‘ulistonlik Said Mullaini mag‘lub etdi.
Shu tariqa ushbu turnirda O‘zbekiston milliy jamoasi hisobidagi medallar soni 3taga yetdi. Bungacha Sardor Nurillayev va Muhriddin Tilovov bronza medalini qo‘lga kiritishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi