12:02 / 20.02.2021
2 115

Ronaldu va Messi taxtdan tushdimi?!

Ronaldu va Messi taxtdan tushdimi?!
Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi o‘yin kuni qiziqarli voqealarga boy o‘tdi. «Portu» ikkita taymda ikkita tezkor gol bilan «Yuventus»ni zararsizlantirgan bo‘lsa, «Sevilya»ni Dortmunddan kelgan mehmonlar ranjitib ketishdi. Shunga qaramay, Andalusiya klubi «Barselona» singari birinchi uchrashuvning o‘zidayoq qo‘llarini tushirib yubormadi.

Erling Xoland katta sahnaga chiqishidan bir kun avval Mbappe futbol tojini kiygan edi, ammo norvegiyalik hujumchi bir urinishda tojni Kiliandan (vaqtincha) tortib oldi.

U «Sevilya»ga qarshi bahsdan so‘ng, Mbappening xet-trigidan ruhlanganini yashirib o‘tirmadi. Erling ham Kilian singari o‘zi ishtirok etgan o‘yinning bosh qahramoniga aylandi. 2 ta gol va bitta assist. To‘g‘ri, Mbappe «Barsa»ga qarshi o‘yinda qahramonlik ko‘rsatdi, ammo Erling namoyish etayotgan statistika kishi ko‘zini quvnatmoqda.

«Ramon Sanches Pisxuan»dagi o‘yinda Suso hisobni ochgan bo‘lishiga qaramay, Dortmund klubi tezda o‘ziga keldi. Mahmud Davud bergan chiroyli zarba hisobni tenglashtirdi. Keyin katta sahnaga Erling chiqdi. 2 ta gol va raqib o‘z maydonida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olmoqda.

Yosh forvardning joriy mavsumdagi YECHL o‘yinlaridagi rekordi ancha yaxshilandi. U 8 ta gol bilan to‘pururlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. E’tiborlisi shundaki, Xoland atigi 5 ta o‘yinda ishtirok etgan, xolos. Undan ko‘proq uchrashuvda maydonga tushgan Neymar (6), Morata (6) va Reshford (6) ham Dortmund straykeridan ortda qolmoqda.

Ispaniyadagi o‘yindan so‘ng, Erling o‘ziga xos rekord qayd etdi. U sayyoramizdagi 21 yoshga qadar YECHLda 18 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Kilianda hozircha 24 ta gol bor. Biroq uning yoshi Xolandnikidan kattaroq. Boz ustiga, o‘tkazgan o‘yinlari soni ham ko‘p.

Erling «Borussiya» Dortmund libosidagi 42 ta o‘yinda 41 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishni uddaladi. Nemis jamoasi uchun YECHLda 10 ta gol urishga atigi 7 o‘yin kerak bo‘ldi. Uning statistikasi shunchaki fantastika!

Agar Yevropa Chempionlar Ligasi to‘purarlari haqidagi ma’lumotlarga ko‘z tashlasangiz, Xoland katta tezlikda ular orasiga kirib kelganini anglaysiz. 13 ta o‘yin va 18 ta gol. Norvegiyalik futbolchi o‘zining endigina 3-musobaqasida ishtirok etmoqda, xolos.

Agar solishtiradigan bo‘lsak, Robert Levandovski «Borussiya» libosida YECHLning 3 mavsumida 28 bor maydonga tushgan. Kiritgan gollari soni esa, Xolandnikidan kamroq. Polshalik to‘purar faqatgina «Bavariya» safidagi 3 mavsumda 18 bor raqiblari darvozasini (YECHLda) ishg‘ol qilishni uddaladi.

Leo Messi esa, o‘zining Kataloniyadagi 5-mavsumidagina 18 (YECHLda) bor raqib darvozasini aniq nishonga olgan.

Ayni damda, musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar – Krishtianu Ronaldu ham Erling bilan bahslasha olmaydi. Krish faqat Madridga ko‘chib o‘tgachgina o‘zining 18-golini nishonlagan. Buning uchun unga 40 ta o‘yin kerak bo‘lganini unutmaslik lozim.

Bundan ortiq misol keltirishning hojati yo‘q. 20 yoshli Xoland chinakam gol mashinasi. Ronaldu va Messinng erasi yakunlansa, Xoland yanada yorqinroq porlashi aniq.

Buning uchun hujumchi o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolmasligi talab etiladi. Boshqa bir tomondan Kilian Mbappe ham unga erkin nafas olish imkonini qoldirmoqchi emas. Amaldagi JCH g‘olibi ham «oltin to‘p»ning kelajakdagi sohiblaridan biri ekanligini taxmin qilinmoqda.

Kilian «Monako»dan Parijga ko‘chib o‘tganida, Neymar bilan bir darajada futbol namoyish etishini hech kim taxmin qilmagani aniq. Maktab o‘quvchisi bo‘lishiga qaramay, Kilian qisqa muddatda professional futbolni zabt etdi. Transfer summasi ("Transfermarkt" nashri ma’lumotlari asosida) bobida Neymarni ortda qoldirdi. Qiyin pallalarda jamoaning asosiy suyanchig‘iga aylandi. Bu omil «Kamp Nou»dagi bahsda ham yaqqol ko‘rindi. PSJda yangi yetakchi paydo bo‘lmoqda.

Bu yigitlar bir klubda to‘p surmasa, 21 asrdagi navbatdagi super qarama-qarshilik guvohi bo‘lishimiz mumkin. Erling Xoland – Kilian Mbappe! To‘g‘ri, bu Ronaldu – Messi singari jarangdor nomlar emas, ammo boriga shukur qilishdan boshqa choramiz yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu va Messi taxtdan tushdimi?!