16:00 / 20.02.2021
1 552

Bobir Abdixoliqov "Nasaf" muxlislari bilan "Instagram" sahifasi orqali xayrlashdi

Bobir Abdixoliqov "Nasaf" muxlislari bilan "Instagram" sahifasi orqali xayrlashdi
Avvalroq, Ukrainaning "Rux" jamoasi hujumchi Bobir Abdixoliqov transferini e’lon qilgani haqida yozgandik. Hujumchi "Instagram" sahifasi orqali "Nasaf"ga minnatdorchilik bildirdi va qayg‘uli tarzda muxlislar bilan xayrlashdi.

"Qadrli "Nasaf" klubi muxlislari!
Dastlab Sizlarga katta rahmat aytmoqchiman! "Nasaf"da baxtli edim, g‘alabada ham, mag‘lubiyatda ham birga bo‘ldingiz. Har daqiqa Sizlarning qo‘llab-quvvatlashlaringizni his etib turdim. Jamoani shunday tarzda qo‘llashda davom etishingizni so‘rab qolardim. Zero "Nasaf" Sizlar uchun o‘ynaydi!

Fursatdan foydalanib "Nasaf"dagi barchaga, rahbariyatdan tortib qorovulgacha, klubdagi barcha xodimlarga, muxlislarga katta rahmat aytaman! O‘z navbatida Ro‘ziqul Sa’dullayevich Berdiyevga alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Har bir o‘yinda bosh murabbiyning ishonchini oqlash uchun maydonga tushdim va klub uchun borimni berdim. O‘z gollarim bilan jamoa g‘alabalariga oz bo‘lsa ham hissa qo‘shganimdan faxrlanaman. "Nasaf"dagi faoliyatim yakunlandi, sababi professional faoliyatimda oldinga intilish vaqti yetib keldi. Barcha futbolchilar singari men ham o‘zimni legioner sifatida sinab ko‘rishni xohladim.

Faoliyatimni Ukrainaning "Rux" klubida davom ettirishga qaror qildim. To‘g‘ri oldimda Osiyoning bir qator klublaridan takliflar bor edi. Ammo professional futbolchi sifatida yanada o‘sish uchun Yevropa futbolida o‘ynashni to‘g‘ri deb bildim. Bundan tashqari Lvov shahri sharafini himoya qiluvchi "Rux" klubi falsafasi bo‘yicha "Nasaf"ga o‘xshash ekan. Ya’ni o‘sib kelayotgan yosh futbolchilarga e’tibor katta ekan. Ukraina chempionatida o‘ynagan o‘zbekistonlik futbolchilarning davomchisi sifatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga, maydonda oxirgi kuchim qolguncha o‘ynashga va’da beraman.

Shuni unutmangki, men doim "Nasaf" muxlisi bo‘lib qolaman", - deya yozib qoldirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bobir Abdixoliqov "Nasaf" muxlislari bilan "Instagram" sahifasi orqali xayrlashdi