23:09 / 22.02.2021
3 953

O‘zbekiston legionerlar terma jamoasi-2021

O‘zbekiston legionerlar terma jamoasi-2021
So‘nggi vaqt o‘zbekistonlik futbolchilarning xorij klublariga transfer qilingani haqida xabarlar ko‘payib bormoqda.
Jumladan, yaqinda Jasurbek Yaxshiboyev Polshaning taniqli klublaridan biri “Legiya”, Bobir Abdixoliqov esa Ukraina Premer-ligasi vakili “Rux” bilan shartnoma imzoladi. Yevropada o‘zbek futbolchilarining ortayotgani albatta ko‘pchilikni quvontiradi. Saytimiz orqali legionerlardan iborat ramziy jamoa taqdim etishga qaror qildik. Agar sizlarda ham fikr-mulohazalar bo‘lsa, ushbu mavzu ostida o‘z variantlarigizni yozib qoldiring.

Demak, asosiy tarkib bahosi 16.850.000 yevroni tashkil qiladi (Transfermarkt'dagi narxlar olingan). Jamoadagi eng qimmat futbolchi esa “Jenoa” forvardi Eldor Shomurodov – 6,5 mln yevro. Biroq, yaqinda italiyalik taniqli jurnalist Janluka Di Marsio Shomurodovning transfer narxi 2 baravarga ko‘tarilgani haqida ma’lumot bergandi.

Asosiy jamoaning o‘rtacha yoshi esa 26,6 ni tashkil qildi.

DARVOZABON:
Mirzohid Mamatxonov, 26 yosh – “Super Yunayted” (Maldiv orollari, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 50 ming yevro

HIMOYACHILAR:
Odil Ahmedov, 33 yosh – “Tyanszin Teda” (Xitoy, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 1,2 mln yevro

Vitaliy Denisov, 33 yosh – “Tom” (Rossiya, 2-divizion)
Transfer qiymati – 600 ming yevro

Rustam Ashurmatov, 24 yosh – “Kanvon” (J.Koreya, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 700 ming yevro

Islom To‘xtaxo‘jayev, 31 yosh – “Shenyan Urban” (Xitoy, 2-divizion)
Transfer qiymati – 450 ming yevro

YARIM HIMOYACHILAR:
Otabek Shukurov, 24 yosh – “Sharja” (BAA, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 2,5 mln yevro

Jaloliddin Masharipov, 27 yosh – “Shabab Al Ahli” (BAA, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 2 mln yevro

Dostonbek Hamdamov, 24 yosh – “Xatta” (BAA, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 1,2 mln yevro

HUJUMCHILAR:
Eldor Shomurodov, 25 yosh – “Jenoa” (Italiya, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 6,5 mln yevro

Bobir Abdixoliqov, 23 yosh – “Rux” (Ukraina, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 900 ming yevro

Jasurbek Yaxshiboyev, 23 yosh – “Legiya” (Polsha, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 750 ming yevro

Endi esa zaxira futbolchilariga to‘xtaladigan bo‘lsak. Undagi eng qimmatbaho o‘yinchi “Shabab Al Ahli” a’zosi Azizjon G‘aniyev (1,8 mln yevro) hisoblanadi.

HIMOYACHILAR:
Oleg Zoteyev, 31 yosh – “Chonnam” (J.Koreya, 2-divizion)
Transfer qiymati – 500 ming yevro

Artyom Filiposyan, 33 yosh – "Prachuap" (Tailand, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 250 ming yevro

YARIM HIMOYACHILAR:
Azizjon G‘aniyev, 23 yosh – “Shabab Al Ahli” (BAA, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 1,8 mln yevro

Oston O‘runov, 20 yosh – “Ufa” (Rossiya, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 1,5 mln yevro

Jamshid Iskanderov, 27 yosh – "Seongnam" (J.Koreya, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 675 ming yevro

Ikromjon Aliboyev, 27 yosh – “Seul” (J.Koreya, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 600 ming yevro

Sardor Mirzayev, 29 yosh – "Muangtong Yunayted" (Tailand, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 600 ming yevro

Islom Kenjaboyev, 21 yosh – "Cheju Yunayted" (J.Koreya, 2-divizion)
Transfer qiymati – 400 ming yevro

Shahboz Umarov, 21 yosh – BATE (Belarus, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 300 ming yevro

Vagiz Galiulin, 33 yosh – “Nefteximik” (Rossiya, 2-divizion)
Transfer qiymati – 200 ming yevro

HUJUMCHILAR:
Igor Sergeyev, 27 yosh – “Aktobe” (Qozog‘iston, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 1,5 mln yevro

Shahzod Ubaydullayev, 22 yosh – “Shaxtyor-Soligorsk” (Belarus, yuqori divizion)
Transfer qiymati – 450 ming yevro

P.S. O‘zbekiston legionerlar terma jamoasidan 23 futbolchi o‘rin oldi. Uning umumiy qiymati 25.625.000 yevroni tashkil etdi. Butun tarkibning o‘rtacha yoshi - 25,2!

Eldor Akmurzayev tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston legionerlar terma jamoasi-2021