21:00 / 23.02.2021
2 263

Finalga yo‘l olgan Masharipov G‘aniyev va Omar Adulrahmon haqida gapirdi

Finalga yo‘l olgan Masharipov G‘aniyev va Omar Adulrahmon haqida gapirdi
Xabaringiz bor, Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi "Baniyas"ni mag‘lub etib, BAA prezidenti kubogi finaliga yo‘l oldi. Uchrashuvdan keyin Jaloliddin SPORTS.uz sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi.

Qiyin o‘yin bo‘ldi. "Baniyas" ham kuchli jamoa ekan. Sekin-asta yangi jamoamga moslasha boshladim. O‘zimning eng kuchli o‘yinlarimni ko‘rsatmoqchiman. "Shabab Al-Ahli"ning maqsadlari jiddiy. Shu sababli, eng kuchli futbolchilarni tarkibga yig‘moqda. Legioner bo‘lishni xohlardim va bunga erishdim. Endi hammasi o‘z qo‘limda.

Azizga sog‘liq tilayman. Uning jamoada o‘z o‘rni bor. G‘aniyevning yo‘qligi baribir sezilishi tayin. Omar Abdulrahmon hozirda yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Ikki hafta ichida umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi
.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Finalga yo‘l olgan Masharipov G‘aniyev va Omar Adulrahmon haqida gapirdi