19:30 / 24.02.2021
1 837

O‘runovni "sindirgan" "Spartak" Gollandiya terma jamoasi hujumchisini sotib olyapti

O‘runovni "sindirgan" "Spartak" Gollandiya terma jamoasi hujumchisini sotib olyapti
Moskvaning "Spartak" klubi gollandiyalik hujumchi Kvinsi Promesning transferi masalasida "Ayaks" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda ESPN NL xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi moskvaliklar bilan 3,5 yillik shartnoma imzolaydi. Uning transferi esa 7-8 million yevro atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Promes uchun “Spartak” begona emas. U ushbu safida 2014-2018 yillarda to‘p surgan va 135 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 66 ta gol hamda 33 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘runovni "sindirgan" "Spartak" Gollandiya terma jamoasi hujumchisini sotib olyapti