21:06 / 27.02.2021
1 673

Bobousmon Baturov "Stranja" xalqaro turniri g‘olibi bo‘ldi

Bobousmon Baturov "Stranja" xalqaro turniri g‘olibi bo‘ldi
Xabaringiz bor, Bolgariyaning Sofiya shahrida “Stranja” xalqaro turniri davom etayotgan edi. Mazkur turnirning finaliga uch nafar hamyurtimiz yo‘l olgandi. Hozirgina dastlabki vakilimiz 69 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Bobousmon Baturov ukrainalik Yevgeniy Barabanov bilan g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Murosasiz kechgan jangda hamyurtimiz ajoyib tarzda harakat qildi va yakunda, g‘alabani tantana qildi. Shu tariqa yurtdoshimiz "Stranja" xalqaro turnirining 2021 yilgi chempioniga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bobousmon Baturov "Stranja" xalqaro turniri g‘olibi bo‘ldi