21:08 / 27.02.2021
1 886

Dilshodbek Ro‘zmetov ham "Stranja" xalqaro turniri chempioni!

Dilshodbek Ro‘zmetov ham "Stranja" xalqaro turniri chempioni!
Ayni daqiqalarda bir necha kundan buyon davom etayotgan "Stranja" turnirining final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Biroz avval Bobousmon Baturov ushbu turnir chempioniga aylangan edi. Yana bir finalga yo‘l olgan yurtdoshimiz -81 kg vazn toifasida harakat qilgan Dilshodbek Ro‘zmetov hal qiluvchi jangda rossiyalik Ruslan Kolesnikov bilan to‘qnash keldi.

Jang kutilganidek shiddatli tarzda bo‘lib o‘tdi. Kolesnikov o‘ziga xos "pancher" ekanligini butun turnir mobaynida isbotlab kelgan edi. Shuningdek, hamyurtimiz ham mazkur turnirda o‘zini har tomonlama ko‘rsata oldi. Tom ma’noda turnirning eng kuchli bokschilari g‘oliblik uchun bahs yuritishdi. Yakunda, raqibiga nisbatan yaxshi va aniqroq harakat qilgan yurtdoshimiz xaqli tarzda g‘alaba qozondi va turnir chempioniga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dilshodbek Ro‘zmetov ham "Stranja" xalqaro turniri chempioni!