18:13 / 28.02.2021
1 808

“Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman

“Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman
Xabaringiz bor, Toshkentning “Lokomotiv” klubi yangi mavsum oldidan tarkibga bir qator kuchli futbolchilarni jalb etdi. Shu jumladan, Mikael Sekeyra “temiryo‘lchilar” tarkibiga ispaniyalik Diyego Bardanka Floresni chaqirdi. Nafaqat ispan, balki butun dunyodagi sportga ixtisoslashgan nashrlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Madridning “Marca” nashri undan O‘zbekistonga sayohati haqida intervyu oldi. Quyida ushbu materialni to‘liqligicha tarjima formatida e’tiboringizga havola etamiz.

Pandemiya Yer sayyorasining deyarli barcha nuqtalarini qamrab oldi. Ammo shunday joylar borki, ularga ushbu kasallik ancha kam talafot yetkazdi va ularni bemalol pandemiyasiz davlatlar, deb atasak bo‘ladi. O‘zbekiston ham mana shu oazislarning biri. “Bu yerda o‘tgan ikki hafta davomida men Yevropadagi pandemiya xavfini mutlaqo unutdim. Haligacha shokdaman: biz niqobsiz bemalol yuraveramiz. Bu yerda faqat gavjum joylarga borish oldidan tibbiy niqob taqiladi va geldan umuman foydalanishmaydi. Kasalxonalar bo‘m-bo‘sh. Men o‘zimni bir yil avval boshdan kechirgan hayotimga qaytgandek his qildim. Yevropa, xususan, Ispaniyada ahvol anchayin og‘ir edi. Bu yerda esa kinolardagidek yashayapman”, - deydi Bardanka.

Markaziy himoyachi pozitsiyasida to‘p tepuvchi Bardankada sayyohlik ruhi bor: u Finlandiya, Polsha, Sloveniya, Serbiyada o‘ynab ulgurgan. Navbat O‘zbekistonga keldi. “Bu yosh va super-professionallashgan klub. “Lokomotiv”da futbolchi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jamoada yangi mavsum oldidan ambitsiyalar o‘ta yuqori. Ispaniyalik Dani Chabrera bu yerda darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlaydi va aynan uning say’-harakatlari bilan men “Lokomotiv” a’zosiga aylandim.

Odamlarda immunitet hosil bo‘lguniga qadar O‘rta Osiyoning 33 mln aholisi koronavirus bilan zararlandi: “Mart-sentabr oralig‘ida, eshitishimcha, 60-70 foiz odam kasallikka chalinib ulgurgan va shundan so‘ng, ularda pandemiyaga qarshi kurashish tajribasi paydo bo‘lgan. Bu yerda barchasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani uchun bugungi kunda mamlakatda bemorlar soni ancha kam”.

O‘zbekistonga keluvchilar tibbiy tekshiruvdan to‘liq tartibda, ehtiyotkorlik bilan o‘tkaziladi. Bu yerda virus alomatlari aniqlansa, bemor darhol yakkalanadi va shifokorlar nazoratiga topshiriladi. Eng ahamiyatlisi, bu jarayonlar aeroportning o‘zidayoq amalga oshiriladi. Balki, shuning uchun ham O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga erishgan va kamroq talafotga uchragandir.
Klubda sportchi sifatida rivojlanishingiz uchun zarur bo‘lgan barcha mashg‘ulot zallari va sharoitlar mavjud. Bu barchamiz uchun manzur bo‘ladigan hayot tarzi”, - dedi Diyego Bardanka Flores.

“Marca.com” saytidan Abdulvosid Valixonov tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman