15:56 / 01.03.2021
2 181

OFK Kubogi «F» guruhi: OKMK yoki «Nasaf» guruh o‘yinlarini Dushanbeda o‘tkazadi

OFK Kubogi «F» guruhi: OKMK yoki «Nasaf» guruh o‘yinlarini Dushanbeda o‘tkazadi
Osiyo futbol konfederatsiyasi OFK Kubogi 2021 yilgi mavsum guruh bosqichi «F» guruhi o‘yinlari markazlashgan holda Tojikistonda o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu haqda TFF rasmiy sayti xabar bermoqda.

«F» guruhida O‘zbekiston klubi ham joy olgani sababli o‘yinlarga mezbonlik qilish uchun mamlakatimiz ham da’vogarlik qilgandi. Yakunda OKMK yoki «Nasaf» ishtirokidagi bahslar Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Rasmiy mezbon guruhdagi Tojikiston vakili «Xo‘jand» klubi sanaladi. Shuningdek, guruhdan «Oltin asr» (Turkmaniston) va «Oloy» (Qirg‘iziston) klublari ham joy olgan.

Guruh bosqich o‘yinlari markazlashgan tizimda 14-20 may kunlari Dushanbedagi «Markaziy» o‘yingohda o‘tkaziladi. Guruh g‘oliblari o‘rtasidagi pley-off bahslari esa 11-25 avgust kuni o‘tkaziladi. Bu o‘yinlar mezboni hali aniq emas.

Qayd etish joiz, OKMK Qatarning «Al-G‘arafa» klubiga qarshi OCHL saralash bosqichi pley-off bahsida g‘alaba qozonsa, OCHL «A» guruhidan joy oladi. «Nasaf» esa OFK Kubogida ishtirok etadi. Aks holda Olmaliq klubi OFK Kubogi «F» guruhida qatnashib, o‘yinlarini Dushanbeda o‘tkazadi.

OFK kubogi. «F» guruhi.
Mezbon shahar – Dushanbe, Tojikiston
«Xo‘jand» (Tojikiston)
OKMK yoki «Nasaf» (O‘zbekiston)
«Oltin asr» (Turkmaniston)
«Oloy» (Qirg‘iziston)

1-tur
14 may (juma)
OKMK/«Nasaf» (O‘zbekiston) – «Oloy» (Qirg‘iziston)
«Oltin asr» (Turkmaniston) – «Xo‘jand» (Tojikiston)

2-tur
17 may (dushanba)
«Oloy» (Qirg‘iziston) – «Oltin asr» (Turkmaniston)
«Xo‘jand» (Tojikiston) – OKMK/«Nasaf» (O‘zbekiston)

3-tur
20 may (payshanba)
OKMK/ «Nasaf» (O‘zbekiston) – «Oltin asr» (Turkmaniston)
«Xo‘jand» (Tojikiston) – «Oloy» (Qirg‘iziston).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK Kubogi «F» guruhi: OKMK yoki «Nasaf» guruh o‘yinlarini Dushanbeda o‘tkazadi