20:00 / 08.03.2021
951

Futbolda yangi savol: Mbappe zo‘rmi yoki Holand?

Futbolda yangi savol: Mbappe zo‘rmi yoki Holand?
Yaqin bir necha yil ichida Kilian Mbappe va Erling Holand dunyo futbolida Krishtianu Ronaldu hamda Lionel Messining o‘rnini egallashi kutilmoqda. Har ikkala futbolchi ham hozirda o‘z klublarining yetakchisi hisoblanadi va gol urish borasida bir-biridan aslo qolishmaydi.

Ammo futbol muxlislarini har doimgidek bir savol o‘ylantiradi: xo‘sh, ulardan qaysi biri zo‘r?

Quyida aynan ushbu savolga boks va aralash jang sporti qoidalari bo‘yicha javob topishga harakat qilinadi. Bunda 15 raund ko‘zda tutilgan bo‘lib, har bir raund doirasida g‘olib 10, mag‘lub esa 9 ochkodan qo‘lga kiritadi.

Birinchi raund – statistika
Mbappe 22, Holand esa atigi 20 yoshda. Norvegiyalik shu vaqtga qadar 146 uchrashuv o‘tkazib, 100 gol urgan va 19 golli uzatmani amalga oshirgan. Shunchaki ajoyib natija. Fransuzda esa bu ko‘rsatkich biroz yaxshiroq – 208 o‘yin, 133 ta gol va 76 ta assist. Ikkala futbolchi ham urilgan gollar bo‘yicha bir xil dinamikaga ega: o‘rtacha hisobda ular bir o‘yinda 0,6 tadan gol urgan. Asistlar bo‘ycha Kilian sezilarli darajada yaxshiroq natijaga ega: PSJ futbolchisi har uchinchi uchrashuvda sheriklariga gol urishga zamin yaratib beradi, «Borussiya» forvardi esa hozircha bu ko‘rsatkichi bilan maqtana olmaydi.
10:9 – Mbappe foydasiga

Ikkinchi raund – dribling va texnika
Mbappe voyaga yetgach o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortdi va dunyoning eng yaxshi driblingchilaridan biriga aylandi. U o‘zining elastik va aldamchi harakatlari bilan istalgan himoyachini dog‘da qoldirishi mumkin. Shuningdek, PSJ futbolchisi to‘pni raqibining oyoqlari orasidan olib o‘tishga alohida mehr beradi. Statistikaga ko‘ra u driblingda Holandga qaraganda deyarli uch baravar ustunroq. Erling esa shunchaki to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib, tezligi orqali himoyachilardan qochishga odatlangan.
10:9 – Mbappe foydasiga

Foto: Getty Images
Uchinchi raund – ishonchlilik
Mbappe Holandga qaraganda ko‘proq to‘pni yo‘qotadi va xatolarga yo‘l qo‘yadi. To‘g‘ri, Erling ham ko‘p aldab o‘tiladi va u har o‘yinda hech bo‘lmaganda ikki marta qoidabuzarlik qiladi. Shunga qaramay norvegiyalikda sariq va qizil rangdagi kartochkalar soni kamroqdir. Ehtimol, Kilian hakamlar bilan ko‘p tortishgani uchun ham ko‘proq jazolanar.
10:9 – Holand foydasiga

To‘rtinchi raund – bosh bilan o‘ynay olish qobiliyati
Texnikasi yuqori bo‘lgan fransuzga havodagi to‘p uchun kurashib, ortiqcha kuch sarflashga hojat yo‘q, chunki u odatda «sehrli» oyoqlarini ishlatishni afzal biladi. Holand esa ikkinchi qavatda juda yaxshi imkoniyatlarga ega. U havodagi to‘pni boshi bilan mukammal tarzda darvozaga joylab qo‘yishi mumkin. Holand, shuningdek, havodagi kurashlarda ham Kilianga qaraganda 5 baravar yaxshiroq.
10:9 – Holand foydasiga

Beshinchi raund – zarbalar
Holand kuchli zarbaga ega. Shu tufayli u ortiqcha qiyinchiliklarsiz ham darvozabonlarni dog‘da qoldira oladi. Erling o‘ng oyog‘ida kuchli zarba bera olsa, Mbappe ikkala oyog‘ida ham bir xil darajada aniq va kuchli tepishi mumkin.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala futbolchi ham, taxminan, bir xil miqdordagi zarbalarni amalga oshiradi, ammo «Borussiya» futbolchisining deyarli 2 baravar ko‘proq zarbalari gol bilan yakunlanadi. EA Sports platformasi norvegiyalikning zarbasini kuchliroq deb topdi, ammo fransuz har ikkala oyog‘ini ishlata oladi.
9:9 – durang

Oltinchi raund – tezlik
Bir vaqtning o‘zida ko‘plab manbalarning talqiniga ko‘ra Kilian dunyoning eng tezkor futbolchisidir. Fransuz cheklangan masofalarda ham raqiblarini tezligidan foydalangan holda dog‘da qoldirishi mumkin. Ha, Holand ham ancha tezkor futbolchi, u ham dribling paytida tezligidan foydalanadi. Ammo Erling Kiliandan tezroq emas. FIFA simulyatorini ishlab chiquvchilar ham PSJ futbolchisiga bu jihatdan katta ustunlik bergan. Bundan tashqari Mbappe Chempionlar Ligasining so‘nggi mavsumida ham eng tezkor futbolchi deb topildi, Holand esa ushbu reytingda to‘qqizinchi o‘rinda qayd etildi.
10:9 – Mbappe foydasiga

Yettinchi raund – uzatmalar
Statistikaga ko‘ra Parij klubi futbolchisi har bir uchrashuvda o‘rtacha 10 tadan ko‘proq uzatma beradi va buni sezilarli darajada aniq amalga oshiradi. Kilian vaziyatlarni yaratishda ham juda mohir, sheriklariga tez-tez yordam beradi va har qanday darajadagi murakkab paslarni ijro etadi.
10:9 – Mbappe foydasiga

Foto: Twitter
Sakkizinchi raund – futbolchining jamoa hujumida tutgan o‘rni
Holand «Borussiya»ning hujumlarida nihoyatda foydali. U o‘tkir paslarni amalga oshiradi, bahsli vaziyatlarda ham yengib chiqib, sheriklarini to‘p bilan ta’minlaydi. Jarima maydonchasida ham juda faol va aynan shu tufayli ko‘p hollarda 11 metrlik zarbalarni ishlab oladi.

Mbappe ham jamoaviy o‘yin borasida Holanddan aslo qolishmaydi. Penaltilar ishlashda-ku Holanddan ham ustunroqdir. Unga nisbatan ko‘proq fol ishlatishadi. Ushbu parametrda fransuz 2 baravar yaxshiroq.
10:8 – katta ustunlik Mbappe foydasiga

To‘qqizinchi raund – futbolchining jamoa himoyasida tutgan o‘rni
Holand «qora ishlar»dan qochmaydigan juda mehnatkash futbolchi. Norvegiyalik maydonning har bir qarichida to‘p uchun kurash olib boradi, raqiblari harakatlarini oldindan o‘qiydi. U «podkat»larda ham ajoyib harakat qiladi. Umuman olganda, Holand haqiqiy jamoaviy o‘yinchidir. Garchi statistikaga ko‘ra Mbappe tez-tez to‘pni raqiblaridan tortib olsa-da, Erling zarbalarni to‘sish va va to‘pni xavfli hududdan uzoqlashtirish borasida yuqori ko‘rsatkichlarga ega.
10:9 – Holand foydasiga

O‘ninchi raund – jismoniy imkoniyatlar
Kilian har bir o‘yinda o‘rtacha 8 kilometr masofani bosib o‘tadi. Erling Holand esa doimiy ravishda bo‘sh joy qidirishga harakat qiladi va buning ustiga mudofaada ham yordam beradi, shuning uchun norvegiyalik har uchrashuvda 9,5 kilometr yugurishi tabiiy hol. FIFA simulyatori ham jismoniy imkoniyatlar borasida «Borussiya» futbolchisini ustunroq qo‘ygan.
10:9 – Holand foydasiga

Foto: UYEFA
11-raund – sovrinlar
Ayni paytda Kilianda 13, Erlingda esa atigi 3 ta sovrin bor. Holand, albatta, bir necha yil ichida ko‘plab sovrinlarga ega chiqadi. Balki, u Norvegiya terma jamoasi bilan mundialda g‘alaba qozonmas, ammo milliy chempionatlarda 4 marta g‘alaba qozonishi ehtimoli yuqori. Albatta, buning uchun u kuchliroq jamoaga o‘tishi kerak bo‘ladi.
10:9 – Mbappe foydasiga

O‘n ikkinchi raund – shaxsiy sovrinlar
Norvegiyalik o‘zining birinchi mukofotini 2018 yilda qo‘lga kiritgan. O‘shanda u o‘z mamlakatning eng yaxshi yosh sportchisi deb topilgandi. 2019 yilda esa Avstriya Bundesligasining eng yaxshi futbolchisi va yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. 2020 yil Holandning faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli yil bo‘ldi: u Norvegiyaning eng yaxshi sportchisi va futbolchisi deb tan olindi va ko‘plab nashrlar talqiniga ko‘ra yil jamoasidan o‘rin oldi. Shuningdek, Erling ortda qolgan yilda Golden Boy mukofotiga ham sazovor bo‘ldi.

Xuddi shu sovrin 2017 yilda Kilianga topshirilgan edi. Uning shaxsiy mukofotlari quyidagicha: 18/19 yilgi mavsumda Liga 1 ning eng yaxshi o‘yinchisi, Fransiya chempionatining uch karra eng yaxshi yosh futbolchisi. Shuningdek, Mbappe uch bor Fransiya chempionatining ramziy jamoasiga kirgan. Yana ikki martadan Chempionlar Ligasi va FIFA ramziy jamoalaridan ham o‘rin olgan. Va, albatta, 2018 yilgi «Oltin to‘p» uchun kurashda 4-o‘rinni qo‘lga kiritganini alohida ta’kidlash lozim.
10:9 – Mbappe foydasiga

Foto: Twitter
12-raund – transfer narxi, daromad va mashhurlik
Fransuzning transfer narxi 180 million yevroni tashkil qiladi. U ayni damda dunyoning eng qimmat futbolchi bo‘lib turibdi. 2018 yilda PSJ uning uchun «Monako»ga 145 million yevro bergan. PSJga kelishdan oldin Kilian 35 million yevroga baholangandi.

Holand uchun «Borussiya» atigi 20 million yevro to‘lagan. Uning hozirgi narxi esa 100 million yevro. Shuningdek, Mbappening maoshi ham Holandnikidan 2,5 baravar ko‘proq. Instagram va Twitter’da ham Kilianning obunachilari qariyb 10 baravarga ko‘proq.
10:9 – Mbappe foydasiga

14-raund – terma jamoa
2019 yilning sentabr oyigacha Holand Norvegiya yoshlar jamoasida o‘ynardi. Ammo u mamlakat bosh jamoasidagi dastlabki o‘yinlardanoq aql bovar qilmas statistikani namoyish etmoqda: 7 uchrashuv, 6 ta gol va 1 ta golli uzatma. Mbappe esa Fransiya tarkibida 39 o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol va 13 ta assistni amalga oshirgan. Ammo Kilian 19 yoshida Erlingdan farqli o‘laroq, mundialda g‘olib chiqqandi. U o‘shanda 4 ta gol urib, jamoa qahramonlaridan biriga aylangan. O‘sha musobaqada Mbappe eng yaxshi yosh o‘yinchi bo‘lish bilan birga ramziy jamoaga ham kiritilgan.
10:9 – Mbappe foydasiga

15-raund – moslashish
Norvegiyaning «Molde» klubidan Avstriyaning «Zalsburg»iga ko‘chib o‘tgan Holand dastlabki 10 o‘yinda Avstriya chempionatida 12 ta gol urdi, ular orasida 2 ta het-trik ham bor edi. Shundan so‘ng u Chempionlar Ligasida 7 uchrashuvda 10 ta gol urdi va butun dunyoni o‘ziga qaratdi. Keyinchalik «Borussiya»ga yo‘l olgan Holand Bundesliga doirasida ikki uchrashuvda 5 ta gol uradi. Erling – moslashishning namunasidir.

Foto: Twitter
Mbappe dastavval «Monako»da zaxira o‘rindig‘ida o‘tirardi va faqat ikkinchi mavsumdan boshlab o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan. 16/17 yilgi mavsumda futbolchi Chempionlar Ligasining dastlabki 9 uchrashuvida 6 ta gol uradi. Gollarning barchasi pley-off o‘ynalarida kiritilgan: «Manchester Siti», «Borussiya» va «Yuventus». O‘shanda «Monako» sensatsion tarzda musobaqaning 1/2 finaliga qadar yetib kelgandi. PSJda u dastlabki 10 uchrashuvda «gol+pas» tizimida 4+4 ochko qayd etgan. Fransiya terma jamoasida esa u 4 uchrashuvda 4 ta golli uzatma bergan.
10:9 – Holand foydasiga

Foto: Getty Images
O‘n besh raund yakunlariga ko‘ra Mbappe 144:139 hisobida g‘alaba qozondi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Futbolda yangi savol: Mbappe zo‘rmi yoki Holand?