21:04 / 08.03.2021
2 633

"Jenoa" bosh murabbiyi "Roma"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

"Jenoa" bosh murabbiyi "Roma"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Italiya A Seriyasi 26-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Jenoa" uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida genuyaliklar bosh murabbiyi Davide Ballardini o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Biz grand klubga qarshi yaxshi harakat qildik. Hujumda yaratgan imkoniyatlarimizdan unumliroq foydalanishimiz mumkin edi. Buni sezib turibmiz. O‘yinga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rgan edik. Ammo raqibning darajasi barchasini o‘zgartirib yubordi.

"Sampdoriya"ga qarshi o‘yinda ham shunga o‘xshash gol o‘tkazib yuborgandik. Ligamizdagi barcha jamoalar kuchli. Shuning uchun, hech qaysi o‘yinda xotirjamlikka berilishga haqqimiz yo‘q
".

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov bu o‘yinda ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa" bosh murabbiyi "Roma"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?