11:31 / 09.03.2021
1 510

Massimiliano Allegri va «Shaxtyor» klubi muzokaralarga kirishdi

Massimiliano Allegri va «Shaxtyor» klubi muzokaralarga kirishdi
Foto: «Football.ua»
Ukrainaning «Shaxtyor» klubini boshqarishga «Milan» va «Yuventus» klublarining sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri taklif etilyapti.

Tomonlar muzokaralarga kirishgani haqida ukrainalik jurnalist Oleg Yashchuk o‘z Instagram-akkauntida xabar berdi. Kelishuvga erishilsa, italiyalik 53 yoshli mutaxassis «Shaxtyor» bilan joriy mavsum tugagach ish boshlaydi.

«Shaxtyor» 2019 yil yozidan beri portugaliyalik Luish Kashtru qo‘l ostida o‘ynamoqda. Uning shartnomasi muddati 2021 yil yozida nihoyasiga yetadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Massimiliano Allegri va «Shaxtyor» klubi muzokaralarga kirishdi