20:28 / 09.03.2021
1 951

Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ga yutqazib qo‘ydi

Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ga yutqazib qo‘ydi
Superliga yangi mavsumi 1-turining ochilish uchrashuvi bo‘lmish "Navbahor" - "So‘g‘diyona" bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda jizzaxliklar minimal - 0:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yin taqdirini hal qilgan yagona golga 35-daqiqada "So‘g‘diyona" hujumchisi Shohruz Norxonov mualliflik qildi. Shu tariqa, "Navbahor" yangi mavsumning ilk bahsida o‘z muxlislari qarshisida mag‘lubiyatga uchradi.

Navbatdagi turda namanganliklar Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo‘lishadi. "So‘g‘diyona" esa o‘z uyida debyutant "Turon"ni qabul qiladi.

"Navbahor" - "So‘g‘diyona" 0:1
Gol:
Norxonov 35.
"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 70.Abbos G‘ulomov, 88.Slavisha Stoyanovich.
Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 4.Farhod Mirahmatov, 8.Sardor Telyakov, 11.Islombek Isoqjonov, 18.Bahrom Abdurahimov, 25.Shohrux Mahmudxojiyev, 28.Nikola Tashich.
"So‘g‘diyona": 1.Shirinboy Abdullayev, 2.Sardor Qulmatov, 4.Elyor Orifov, 6.Iskandar Shaykulov, 7.Arslanmirat Amanov, 8.Jamshid Boltaboyev, 10.Shohruz Norxonov, 11.Jasur Xasanov, 28.Ergash Ismoilov, 31.Luka Chermel, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 37.Alisher Pirmatov, 9.Oybek Nurmatov, 17.Shohboz Jo‘rabekov, 19.Javohir Qahramonov, 20.Bahodir Nasimov, 63.Asiljon Begimqulov, 77.Sahob Rashidov.
Ogohlantirishlar: Orifov 57, Abdullayev 65, Jo‘rabekov 80, Isoqjonov 89.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ga yutqazib qo‘ydi