08:32 / 10.03.2021
1 638

YECHL. «Portu» qahramonlik ko‘rsatib «Yuventus»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Borussiya» D 1/4 finalga yo‘l oldi

YECHL. «Portu» qahramonlik ko‘rsatib «Yuventus»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Borussiya» D 1/4 finalga yo‘l oldi
Chempionlar Ligasida chorakfinalning dastlabki ikki ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi. Portugaliyada 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan «Yuventus» o‘z maydonida asosiy vaqtda hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa «Portu» 10 kishi bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, to‘p kiritdi va safardagi gollar evaziga turinliklarni turnirdan chiqarib yubordi.

Shu tariqa «Yuventus» YECHLda qatorasiga ikkinchi yili 1/8 finaldayoq musobaqa bilan xayrlashdi.«Borussiya» esa Dortmundda «Sevilya» bilan jangovar durang qayd etdi va Andalusiyadagi g‘alaba hisobiga keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ikki jamoada ham markaziy hujumchilar Erling Holand va Yusuf An-Nosiri dublga erishdi.

Yuventus — Portu 3:2
Gollar:
Keza (49, 63), Rabo (117) — Oliveyra (19, penalti, 115).
Yuventus – Shchensni, Demiral, Bonuchchi (de Ligt, 75), Sandro, Rabo, Kuadrado, Remzi (Makkenni, 75), Artur (Kulusevski, 102), Keza (Bernardeski, 102), Ronaldu, Morata.
Portu – Marchesin, Pepe, Sanusi (Dias, 71), Mbemba, Manafa, Serjiu Oliveyra (Ndiaye, 118), Uribe (Gruyich, 90), Korona (Leyte, 118), Otavio (Sarr, 62), Marega (Toni Martinez, 106), Torimiy.
Ogohlantirishlar: Otavio (45+2), Torimiy (52), Keza (90+3), Kuadrado (92), Serjiu Oliveyra (97), Bernardeski (103), Rabo (114), Mbemba (120+2).
Chetlatish: Torimiy (54).
Birinchi o‘yin — 1:2.

Borussiya D — Sevilya 2:2
Gollar:
Holand (35, 54 penalti) — An-Nosiri (69, penalti, 90+6).
Borussiya D – Hits, Morey (Myone, 90+5), Shuls (Zagadu, 89), Hummels, Jan, Bellingem, Daud, Azar (Passlak, 67), Dileyni, Roys, Holand.
Sevilya – Bunu, Kunde, Diyego Karlos, Navas, Akunya, Fernando (Rakitich, 86), Oskar Rodriges (Oliver Torres, 79), Okampos (de Yong, 60), Jordan (Gomes, 60), Suso (Munir, 86), An-Nosiri.
Ogohlantirishlar: Morey (20), Akunya (40), Kunde (51), Holand (55), Jordan (55), Jan (67), Oskar Rodriges (71), Fernando (76), Diyego Karlos (77).
Birinchi o‘yin — 3:2.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. «Portu» qahramonlik ko‘rsatib «Yuventus»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Borussiya» D 1/4 finalga yo‘l oldi