18:13 / 11.03.2021
1 635

Davron Fayziyev: O‘ta ta’sirchan insonlarga ko‘rish tavsiya etilmaydigan o‘yin

Davron Fayziyev: O‘ta ta’sirchan insonlarga ko‘rish tavsiya etilmaydigan o‘yin
Yevropa ligasi nimchorak finalida "Manchester Yunayted" - "Milan" bahsi o‘tkaziladi. Ushbu bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 22:55da boshlanadi. Uchrashuv oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Angliyaning 20 karra chempioni Italiyaning 18 karra chempioniga qarshi. Chempionlar ligasini 3 bor qo‘lga kiritgan klub ana shu turnirda 7 marta g‘alaba qozongan jamoaga qarshi. Yana o‘nlab titullarga ega Yevropa futboli gigantlari to‘qnashuvi.
"Manchester Yunayted" - "Milan".

To‘g‘ri, bahs Yevropa ligasidan joy olgan, ammo bu qarama-qarshilik bemalol Chempionlar ligasini ham bezashi mumkin. Ular 10 ta o‘zaro rasmiy uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, barchasi aynan Chempionlar ligasiga to‘g‘ri keladi. Va biror marta durang o‘ynashmagan. Hisob teng 5:5. Ana shunday bekgraund bilan bugungi o‘yinga yetib kelishmoqda. O‘xshashliklar tugamadi. Ikkisi ham chempionlikni sog‘inishgan va chempionatda ikkinchi pog‘onada ketishmoqda. Bu degani bugungi darajasi teng va favorit yo‘q.

O‘zi aslida bu ma’lumotlar shart emasdi, shundoq ham nostalgiya o‘lchovi me’yoridan oshmoqda. O‘ta ta’sirchan muxlislar ko‘rishi sog‘inch ko‘z yoshlariga olib kelishi mumkin. Klasikani va barcha narsaning o‘ta sifatlisini yaxshi ko‘radiganlar, ya’ni estetlar uchun sovg‘a, - dedi Davron Fayziyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: O‘ta ta’sirchan insonlarga ko‘rish tavsiya etilmaydigan o‘yin