21:20 / 11.03.2021
3 921

Ronalduni Yevropadan olib ketadigan jamoa chiqdi. Muzokara boshlandi...

Ronalduni Yevropadan olib ketadigan jamoa chiqdi. Muzokara boshlandi...
“Yuventus” Yevropa Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin Krishtianu Ronaldu yozda klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqala boshladi.

Bu ko‘p jihatdan portugaliyalik futbolchining yiliga 31 million yevro miqdorida olayotgan maoshi klub g‘aznasiga og‘irlik qilayotgani bilan bog‘liq.

Ronaldu yetakchiligidagi jamoa esa ikki yildan beri daromad keltirishi mumkin bo‘lgan Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘ta olmayapti.

Devid Bekxem portugaliyalik hujumchini o‘zining AQSHdagi jamoasi “Inter Mayami”ga taklif etmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Ronaldu Bekxem bilan bu masalani muhokama qilgan.

“Yuventus” joriy mavsumda 32 ta uchrashuvda 27 ta gol urgan va to‘rtta golli pas oshirgan Ronalduni boshqa jamoalar bilan ham muzokara olib borishiga ruxsat berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduni Yevropadan olib ketadigan jamoa chiqdi. Muzokara boshlandi...