16:36 / 13.03.2021
2 050

"Navbahor"ning ikki yo‘lboshchisi iste’foga chiqarildi

"Navbahor"ning ikki yo‘lboshchisi iste’foga chiqarildi
Kecha Viktor Jalilov “Navbahor”ga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Klub matbuot xizmati No‘’mon Hasanov bilan Drajen Dukichning rasman iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi. Jumladan, klub matbuot xizmati bu borada shunday yozadi:

No‘’mon Hasanov “Navbahor” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Hasanov jamoamizda o‘tgan yilning avgustidan yordamchi - murabbiy sifatida ish boshlab, Andrey Kanchelskis iste’foga chiqarilganidan so‘ng, Superliganing 19-turidan bosh murabbiy lavozimida ish boshlagandi.

No‘’mon Hasanovning qo‘l ostida jamoamiz Coca Cola Superliga bahslarida 10 ta o‘yin o‘tkazib (2020 yilning 14-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”ga qarshi kechgan bahsda ham jamoani maydonga Hasanov olib tushgandi), 3 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, 4 ta o‘yinda durangga erishdi va 3 ta bahsda imkoniyatni boy berdi. To‘plar nisbati esa 8-9 ga tashkil etdi.

Qolaversa, O‘zbekiston Kubogi bahslarida No‘’mon Hasanov boshchiligida “Navbahor” 2 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta g‘alaba hamda 1 ta mag‘lubiyatni qayd etgan holda chorak finaldan so‘ng, musobaqani tark etgandi.

Shuningdek, No‘’mon Hasanov bilan birgalikda jamoamiz murabbiylar shtabidagi serbiyalik mutaxassis Drajen Dukich ham iste’foga chiqarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor"ning ikki yo‘lboshchisi iste’foga chiqarildi