15:33 / 14.03.2021
2 488

Anvar Boynazarov ikkinchi jangida raqibini dahshatli nokautga uchratdi

Anvar Boynazarov ikkinchi jangida raqibini dahshatli nokautga uchratdi
Foto: Instagram
Toshkent vaqti bilan 14 mart tongida AQSHning Orlando shahrida Combat Night Pro 20 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik yakkakurashchi Anvar Boynazarov (2-0) professional MMA’dagi 2-jangini o‘tkazdi. 31 yoshli Boynazarovga amerikalik jangchi Rob Fyuller (1-8) raqib bo‘ldi.

Boynazarov jangni zarbalar seriyasi bilan boshladi va raqibini muddatidan avval chuqur nokaut holatiga tushirdi. Shu tariqa Anvar MMA’dagi ikkinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, «The Uzbek» MMA’dagi debyut jangini 2020 yilning dekabrida o‘tkazgan va unda Henri Li Krappni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anvar Boynazarov ikkinchi jangida raqibini dahshatli nokautga uchratdi