18:53 / 14.03.2021
2 006

Hasanboy Do‘stmatovga professional boksdagi uchinchi jangida kim raqib bo‘ladi?

Hasanboy Do‘stmatovga professional boksdagi uchinchi jangida kim raqib bo‘ladi?
Foto: Shamo Boxing
Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov (2-0, 2 KO) 3 aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.

O‘zbekistonlik bokschiga 33 yoshli tajribali Aleksis Dias (25-2, 17 KO) raqib bo‘ladi. Bu Do‘smatov uchun professional boksdagi uchinchi jang bo‘ladi.

Mazkur boks kechasining asosiy jangida Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO), Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) Ryosuke Ivasaga (27-3, 17 KO) qarshi bellashuvda WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.

Shuningdek, mazkur boks oqshomida Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi o‘zbekistonlik bokschilar jang qilishi kutilmoqda. Shu kechada Iqboljon Xoldorov va Mirazizbek Mirzahalilov prof boksdagi debyutini o‘tkazadi.

Do‘stmatov so‘nggi jangini 2020 yilning dekabrida Odiljon Sotqinovga qarshi o‘tkazgan va uni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘stmatovga professional boksdagi uchinchi jangida kim raqib bo‘ladi?