21:05 / 14.03.2021
1 775

Superliga. Qarshidagi bahsda "Nasaf" AGMK bilan murosa ko‘chasini tanladi

Superliga. Qarshidagi bahsda "Nasaf" AGMK bilan murosa ko‘chasini tanladi
O‘zbekiston chempionati 2-turida "Nasaf" AGMK bilan kuch sinashdi va jamoalar jangovar durangga imzo chekdi.

Turning markaziy uchrashuvi shiddatli hujumlar ostida kechdi. Qarshiliklar tezkor gol bilan bahsni boshlashdi. 7-daqiqada Xusayn Norchayev qanotdan uzatilgan pasni boshi bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. 84-daqiqada Elvin Fortes jarima maydoni ichida darvozaga kuchsiz zarba berib, hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalar mobaynida darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

"Nasaf" – AGMK 1:1
Gol:
7 - Husayin Norchayev 1:0, 84 - Elvin Fortes 1:1
"Nasaf" - 35.Abduvohid Ne’matov - 15.Jo‘rabek Mannonov, 4.Husniddin Aliqulov, 92.Umar Eshmurodov, 34.Sherzod Nasrullayev - 22.Akmal Mozgovoy, 88.Marko Stanoyevich (20.Suhrob Nurulloyev, 75) - 14.Shokir Yo‘ldoshev, 50.Shohmalik Komilov (, 70.Abubakr-Rizo Turdialiyev, 54), 77.Oybek Bozorov - 19.Husayin Norchayev (25.Muxriddin Zoirov, 85).
Zaxira: 1.Umid Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Murod Xo‘jamberdiyev.

AGMK - 32.Suhrob Sultonov - 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 29.Vladimir Kozak, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (9.Zafar Polvonov, 83), 22.Sanjar Shoahmedov (4.Mirjamol Qosimov, 75) - 94.Elvin Fortes, 18.Aleksandr Kasyan, 11.Murod Toshmatov (10.Husniddin G‘ofurov, 57).
Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 15.Abbos Otaxonov, 30.Jasur Umarov.

Ogohlantirish: Umar Eshmurodov 20, Vladimir Kozak 37, Akrom Komilov 39, Elvin Fortes 45, Yovan Jokich 90+5.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Qarshidagi bahsda "Nasaf" AGMK bilan murosa ko‘chasini tanladi