21:11 / 14.03.2021
3 322

"Turon" ustozi Islom Ismoilov "portladi": "Qachongacha??? Shumi adolat?!! Meni butun umrga futboldan olib tashlasa ham mayli!"

"Turon" ustozi Islom Ismoilov "portladi": "Qachongacha??? Shumi adolat?!! Meni butun umrga futboldan olib tashlasa ham mayli!"
Superliganing ikkinchi turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Turon" (1:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mehmonlar murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirib o‘tdi. Unda "Turon" klubi murabbiyining quyushqondan chiqib, hakamlarga qarata aytgan keskin gaplari hamda so‘kinish holatlari mavjud.

"Avvalo "So‘g‘diyona" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, "Turon"ni aybi Superligaga chiqqanimi? Ikkita o‘yindan beri buni umuman tushunib bo‘lmayapti. Futbolchini boshiga tekkaniga hakam penalti belgilayapti. O‘sha hakam kiyinish xonasiga kirsin, futbolchilar yig‘lab o‘tiribdi. Bularga qachon chora ko‘riladi? Qachongacha bunga chidash mumkin? Tozalaymiz deyishyapti, shumi tozalashayotgani. Kelib ko‘mib ketmoqda. Ikkita turdan beri faqat hushtak chalish bilan o‘yin o‘tib ketmoqda. Buyog‘da 70-80ta inson oilasini boqaman, deb o‘lib tirilmoqda. Adolat shumi? Biz halol o‘ynayapmiz, hakamlarga chiqayotganimiz yo‘q.

Butun umr futboldan chetlatishsa chetlatishsin. Hakamlarga pul bermasangiz chopib tashlashadi. Lekin bu hakamlarga qarshi oxirigacha kurashish kerak. Raqib futbolchisini qo‘liga ikki bor to‘p tegdi. O‘yinni boshidan beri 5ta sariq kartochka berildi. Undan ko‘ra o‘yindan oldin kelib chiqmaysanlar deyishsin, biz chiqmaymiz. Mayli men yosh murabbiyman, ko‘chadan ish topib olaman. Ammo jamoa nima qiladi? Jamoa g‘alaba qozonsa, mukofot puli olaman, oilamga olib boraman, deb kutib yashamoqda. Hamma og‘zida gapiradi, amalda esa hech narsa yo‘q. Hakam o‘ynashga yo‘l qo‘ymadi. Bu qanday futbol?
", - deydi Islom Ismoilov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Turon" ustozi Islom Ismoilov "portladi": "Qachongacha??? Shumi adolat?!! Meni butun umrga futboldan olib tashlasa ham mayli!"