19:41 / 18.03.2021
1 882

Yaypandagi dramatik bahsda "Lokomotiv" mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

Yaypandagi dramatik bahsda "Lokomotiv" mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Surerliga 3-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Lokomotiv" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

Dastlab, yaypanliklar 2 ta tezkor gol kiritdi. 4-daqiqada Dayan Ponevich hisobni ochgan bo‘lsa, 11-daqiqala Vladislav Kasminin oradagi farqni oshirdi. Keyinchalik, Javohir Sidiqov jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg‘ol etdi. Penaltini aniq amalga oshirgan Abduxoliqov tomonlar durangga imzo chekishiga sabab bo‘ldi.

Shu tariqa, "Lokomotiv" hamda "Turon" joriy mavsum Superligadagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.

"Turon" - "Lokomotiv" 2:2
Gollar:

Dayan Ponevich 5, - 1:0 (Bilolxon Toshmirzayev).
Vladislav Kasminin 11, - 2:0 (Abdurahmon Abdulhaqov).
Javohir Sidiqov 16, - 2:1 (Kaxi Maxaradze).
Temurxo‘ja Abduxoliqov 69 penalti, 2:2.

"Turon": 96. Islom Abdullayev, 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 3. Davronbek Umirov, 7. Kvame Karikari, 17. Muzaffarjon Muzaffarov, 19. Vladislav Kasminin, 23. Abdurahmon Abdulhaqov (5. G‘iyosjon Komilov, 70), 30. Sinisha Babich(18. Fozil Musayev, 66), 32. Jahongir Mehmonov, 55. Dayan Ponevich, 77. Bilolxon Toshmirzayev( 22. Abdulazizxon Abdurashidov, 66).
Zaxira: 87. Akmal Ortiqov, 4. Asliddin Toshtemirov, 8. Sunnatilla Ermatov, 11. Asilbek Qayumov.

"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov, 28. Shuhrat Muhammadiyev (9. Javohir Alijonov, 46), 37. Sherzod Fayziyev, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 22. Diyego Bardanka, 4. Dilshod Komilov(10. Marat Bikmayev, 63), 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 5. Kaxi Maxaradze (14. Aziz Omonov, 46), 8. Javohir Sidiqov, 17. Sanjar Qodirqulov, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islom Qobilov, 7. Sadriddin Abdullayev, 18. Ibrohim G‘anixonov.

Ogohlantirishlar: Sinisha Babich 34, Vladislav Kasminin 48, Javohir Siddiqov 64, Abdurahmon Abdulxaqov 68, Davronbek Umirov 72, Temurxo‘ja Abduxoliqov 85.

Chetlatish: Vladislav Kasminin 67.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaypandagi dramatik bahsda "Lokomotiv" mag‘lubiyatdan qutilib qoldi