20:32 / 18.03.2021
1 984

Superliga. "Paxtakor" Olmaliqda yirik g‘alabaga erishdi

Superliga. "Paxtakor" Olmaliqda yirik g‘alabaga erishdi
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda "Paxtakor" AGMK maydonidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi.

Hisobni 27-daqiqada Aziz Turg‘unboyev ochdi. Burchakdan yetkazib berilgan to‘pni Aziz bosh bilan yo‘llagan zarbasi orqali darvozaga kiritdi. Oradan ko‘p o‘tmay, aynan Turg‘unboyevning uzatmasidan keyin Eren Derdiyok hisobdagi farqni oshirdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kuchli zarbasi bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Shu tariqa, "sherlar" 3-turdan keyin 9 ochko to‘plagan holda, onlayn turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Imkoniyatni boy bergan AGMK hisobida 4 ochko mavjud.

AGMK – "Paxtakor" - 0:3
Gollar:
Azizbek Turg‘unboyev 27, - 0:1 (Sardor Rashidov). Eren Derdiyok 33, - 0:2 (Azizbek Turg‘unboyev). IbrohimHalil Yo‘ldoshev 90+1, - 3:0 (Dragan Cheran).

AGMK: 32.Suhrob Sultonov - 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 15.Abbos Otaxonov, 2.Akrom Komilov - 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar Shoahmedov, 70), 23.Yovan Jokich - 94.Elvin Fortes, 17.Sanjar Tursunov (30.Jasur Umarov, 79), 10.Husniddin G‘ofurov - 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 68).
Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 7.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov.

"Paxtakor" — 35.Sanjar Quvvatov - 34.Farruh Sayfiyev, 23.Sherzod A’zamov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev - 19.Sharof Muhiddinov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (14.Humoyunmirzo Iminov, 87) - 8.Azizbek Turg‘unboyev, 10.Dragan Cheran, 7.Sardor Rashidov (18.Hojimat Erkinov, 69) - 9.Eren Derdiyok (17.Sherzod Temirov, 87).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov - 16.Marlen Chobanov, 28.Diyor Xolmatov, 88.Shahzod Azmiddinov.

Ogohlantirish: Hojimat Erkinov 86.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" Olmaliqda yirik g‘alabaga erishdi